Nasoyim ul-muhabbat


Download 93.37 Kb.
bet1/5
Sana25.01.2023
Hajmi93.37 Kb.
#1118609
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Nasoyim ul-muhabbat



Mundarija:
Kirish
I bob: Alisher navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari haqida.
1.1 Adabiy – tanqidiy asari haqida.
II bob. Alisher navoiyning tariqat pirlariga munosabati.
2.1. Avliyo va oriflik sifatlari hamda mezonlari haqida ma’lumot
2.2. Pirlarning hasbu holiga doir ma’lumotlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
Ilohiy kitoblar orqali insoniyatga ayon etilgan tavhid haqiqati tasavvuf ta’limoti tufayli inson ruhining mulkiga aylandi. Buyuk so‘fiy shayxlari, avvalo, insonga o‘zligini anglab yetishni o‘rgatdilar. Tasavvuf tarixiy takomil jarayonida turli bosqichlarni bosib o‘tib, XIV asr Naqshbandiya tariqati timsolida yana solikni xalqqa, hayotga qaytardi, faqat endi so‘fiy o‘zligini, Haqni anglab yetgan, dilini xudbinlik zangidan poklab, “Haqiqat asrorining ganjinasi” ga aylantirgan holda hayotga qaytib keldi.
Vatanimiz hududida yashab ijod etgan bobokalonlarimiz ijodini haqli ravishda o‘rganishga e’tibor kuchaydi. Darhaqiqit, sobiq tuzum davrida siyosiy qiziqishlar asosida jahon tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan, hech bir ma’rifat va siyosiy mafkura ahli rad eta olmaydigan, umumxalq merosiga aylanib ulgurgan vatandoshlarimizning ijodlari o‘rganildi, xolos. Ayniqsa, mumtoz adbiyotimiz namoyondalaring ijodlari ularning asl manbaidan ayri holda tadqiq qilindi. Bugun esa o‘sha siyosiy mafkuraviy bo‘shliq qatoridan joy olmay qolgan yuzlab mumtoz adiblarimiz, tariqat pirlari va ularning ma’naviy merosini o‘rganishga keng yo‘l ochildi. Bu borada O‘zbekistoning birinchi Prezidenti I.A.Karimov: “Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratilib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o‘zlikni anglashning o‘sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy-tabiiy jarayon deb hisoblaymiz”, - deb yozganlarida xuddi shu maqsadni ko‘zda tutgan edilar.
Mustaqillik davrida yaratilgan tadqiqotlarda sifat o‘zgarishlari yuz berib, mumtoz asarlarimizni xolisona baholashga, ularni asl manbalari bilan qiyosiy o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortmoqda. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviy-madaniy merosni yaxlit holda o‘rganishning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi xalqimizning asrlar davomida yaratgan boy ma’naviy merosiga, uning jahon xalqlari madaniyati va adabiy-badiiy tafakkuri taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini to‘g‘ri baholash imkonini berdi. Jumladan, istiqloldan keyingi davr navoiyshunosligining rivoji ro‘y berayotgan ana o‘sha o‘ziga xos yangilanishlari bilan ajralib turadi.
Ulug‘ shoir Alisher Navoiyning asarlari o‘zining g‘oyaviy-ma’naviy zamini bo‘lmish musulmon olamining muqaddas kitoblari ­ Qur’oni karim va Hadisi shariflar bilan bog‘liq holda o‘rganila boshlandi. Zotan, islom olamida barcha fanlarning, jumladan, badiiy so‘z san’atining taraqqiyoti ham haqli ravishda Qur’oni karim va Hadisi sharif bilan uzviy bog‘liq. Alisher Navoiy ma’naviy merosida alohida qimmatga ega bo‘lgan “Siroj ul-muslimin”, “Munojot” “Arbain” kabi asarlari mustaqillik davrida ilk bor chop etildi. Ulug‘ shoirning yigirma jildan iborat Mukammal asar to‘plamining nashr etilishi ham yo‘ldagi sa’y-harakatning bir ko‘rinishidir. Bundan tashqari, shoir asarlariga oid bo‘lgan yangi tahlil va talqinlar yuzaga kelmoqda. Jumladan, Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari yuzasidan bir qancha taqiqotlar amalga oshirildi. Tasavvuf tarixida o‘zining ilg‘or g‘oyalari bilan iz qoldirgan tariqatlarni o‘rganishda mazkur asar qimmatli manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Biz malakaviy bitiruv ishimizda mazkur asarni tadqiq manbai sifatida tanladik. «Nasoyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabbodalari») xalqni Haq va haqiqat sari yo‘llash, bashariyatni ilohiy ma’rifatga yetishtirishdek ulkan vazifani o‘z zimmasiga olgan ulug‘ ulamo va urafo, mashoyixu avliyolar haqida bitilgan noyob manbadir [17,33].
Ulug‘ shoir mazkur asarida g‘ayrati-shijoati bilan nafaqat halqimiz ma’naviy merosida, qolaversa, umuminsoniy ma’naviyatning yorqin siymolariga aylangan, jahon fani, madaniyatiga beqiyos hissa qo‘shgan mashoyixu avliyolar haqida qimmatli ma’lumotlarni keltiradi. Tazkirada nomlari keltirilgan mashoyixu avliyolarning falsafiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy, ma’rifiy qarashlarini yetarli tadqiq etish va o‘rganish biz tanlagan mavzuning dolzarbligini ta’minlaydi.



Download 93.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling