O‘zbek xalqining etnogenezi va uning tarixshunosligi Reja
Download 31.15 Kb.
|
3 etnoginez
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” risolasi
- Foydalanilgan adabiyotlar
O‘zbek xalqining etnogenezi va uning tarixshunosligi Reja: O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi masalasini tarix fanida qo‘yilishi Etnik tarixiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiyaning roli va uning materiallari. I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” risolasi 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida etn. bilimlarning rivoji oʻlkada faoliyat koʻrsatgan rus sharqshunos, tarixchi, etnograf olimlari, sayyohlari va davlat arboblari V.V.Radlov, V.V.Bartold, M.S.Andreyev, A.A.Divayev, ʼ.L.Vyatkin, N.P.Ostroumov, N.S.Likoshin, N.G.Mallitskiy, erxotin Nalivkinlar, I.I.Umnyakov, A.A. Semyonov, Ye.}\.Polivanovlar nomi bilan bogʻliqdir. Ular amalga oshirgan ishlar mustamlakachilikka xizmat qilgan boʻlsada, toʻplangan katta etn. materiallar 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridagi Turkiston hayot tarzini tavsiflashda muhim ilmiy ahamiyatga ega. 1918-yilda Turkiston xalq universitetiyaa oʻzbeklar E.si boʻyicha maxsus kurs kiritilib, bu mavzu boʻyicha maʼruzalar oʻqitila boshlandi. 1920—30 yillar Oʻzbekistonda E. ilmining vujudga kelish, tashkiliy va tarkibiy shakllanish davri boʻldi. 1930-yillar oxirida mahalliy aholi orasidan yetishib chiqqan mutaxassislar G.Alimov, M.Bikjanova, A.Boltayev, Ya.Gʻulomov, Sh.Inogʻomov, T.Mirtyosov, M.Saidjonov, X.Husanboyev, K.Yusupov va boshqalar Oʻzbekistonda muzey ishini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga, muzeylarda etn. kolleksiyalarni koʻrgazmaga qoʻyishga tayyorlash boʻyicha muhim ishlarni amalga oshirishdi. 1943-yil 4-noyabrda OʻzFA Til, adabiyot va tarix instituti asosida Tarix va arxeologiya instituti tashkil etilib, uning tarkibida 6 boʻlim, shu jumladan, akademik M.Andreyev rahbarligidagi E. boʻlimi ham bor edi. Boʻlim respublikada etn. tadqiqotlarning yetakchi markazi boʻlib qoldi. Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasining tashkil etilishi va faoliyat olib borishi (rahbarlari S. Tolstov, T.Jdanko) Oʻzbekistonda E. fanining rivojlanishida muhim bosqich boʻldi. Xorazm ekspeditsiyasi mobaynida qoraqalpoqlar E.sining maxsus oʻrganilganligi, Qoraqalpogʻistonda etn. fikrlarning shakllanishi uchun asos boʻldi. 1960—80 yillarda oʻzbek hamda qoraqalpoq xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi boʻyicha faol tadqiqotlar olib borildi (V.P.Alekseyev, A.A.Asqarov, O.Suxareva, T.K.Xojayov va boshqalar). Oʻzbeklar etnik tarixini oʻrganish bevosita akademik K.Shoniyozov nomi bilan bogʻliq. Oʻzbekiston xalqlari folklori, Oʻzbekiston dekorativ va amaliy sanʼatining turli sohalari, xalq musiqasi, teatri, raqs sanʼati, kiyimlari, anʼanaviy xalq taomlari, kishilarning maʼnaviy va moddiy hayotini oʻrganish etn. manbalardan biri sifatida etnograflarning diqqat markazida boʻddi. 1960, ayniqsa, 1980-yillar Oʻzbekiston E. fani uchun avvalgi tarixshunoslik davriga nisbatan gʻoyat sermahsul, ayni vaqtda, ziddiyatli kechdi. Bu ziddiyatlar E.ning dolzarb masalalarini belgilash va ishlab chiqishda, siyosiy sharoitga ogʻishmay va soʻzsiz amal qilishda; monografik va umumlashtiruvchi tadqiqotlarda ularning tahliliytanqidiy nuqtai nazardan oʻrganib chiqilmaganligida; katta koʻlamdagi ilmiy tekshirish ishlarining etnos xoʻjalik amaliyoti va madaniy hayoti vazifalariga mos kelmaganida namoyon boʻldi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishishi bilan Respublikamizda E. fani yangi sifat bosqichiga oʻtdi. Oʻzbekiston E. fanining ilmiy tekshirish uslublari, nazariy asoslari, rivojlanish ustuvorliklari va istiqbollarini aniqlovchi tadqiqotlar vujudga keldi. Mustaqillik yillarida oʻzbek xalqi anʼanaviy madaniyatini oʻrganishda "evropatsentrizm" nuqtai nazaridan yondoshishga, qator ijtimoiy institut va hodisalarga "oʻtmish sarqiti" deb qarashga chek qoʻyildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish" haqidagi qarori (1998-yil 27-iyul) tarix fani va uning qismi E.ning vazifalarini mazmunmohiyat jihatdan tubdan oʻzgartirdi. Oʻzbek xalqining etnogenezi, etnik tarix muammolarini, oʻzbek etnomadaniy jarayonlarini yangicha mushohada qilish, xolisona yoritish imkoni paydo boʻlib, ushbu mavzu etn. tadqiqotlarning yetakchi yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bu yoʻnalishni tadqiq etishda akademik K.Shoniyozovning asarlari ("Qarluq davlati va qarluqlar", 1999; "Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni", 2001) muhim hissa boʻlib qoʻshiladi. 1990-yillarda K. Shoniyozovning ilmiy rahbarligi ostida tarixiy E. muammolarini (A.Ashirov, U.Abdullayev), Oʻzbekiston aholisining maishiy turmoʻsh anʼanalarini (S. Soatova, M.Oʻroqov, V.Haqliyev, S.Sharipov) tadqiq qiluvchi olimlar guruhi shakllandi. E. Fargʻona (Sh.Abdullayev, S.Gubayeva), Buxoro (A.Jumayev, M.Qurbonova), Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari(S.Tursunov, A.Qayumov, O.Boʻriyev, Q.Nasriddinov) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining (T.Yesbergenova, R.Kamolov, N.Tleubergenov) mintaqaviy oʻziga xosliklarining turli jihatlarini yorituvchi tarixiyetn. va etn.sotsiologik maxsus tadqiqotlari vujudga keddi. Oʻrta asrlar ilmiy merosi boʻlgan Hofiz Tanish al-Buxoriyning "Abdullanoma" ("Sharafnomai shohiy"), Maʼsud ibn Koʻhistoniyning "Tarixi Abulxayrxoniy", Kamoliddin Binoiyning "Shayboniynoma", Fazlulloh Roʻzbehonning "Mehmonnomai Buxoro", Abulgʻoziy Bahodirxonning "Shajarayi turk" Kabi asarlarida qimmatli tarixiyetn. maʼlumotlar bor. 16—17-asrlarda Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklarining vujudga kelishi va Rossiya davlati bilan muntazam savdo va diplomatik munosabatlar oʻrnatilishi natijasida rus elchilarining oʻzbek xonliklariga qilgan safarlari jarayonida toʻplagan materiallarida ham etn. maʼlumotlar mavjud boʻlib, ular maʼlum ilmiy qimmatga egadir. Turkiston oʻlkasini jadal etn. oʻrganish oʻlkani mustamlaka qilish maqsadi bilan bogʻliq boʻlib, oʻzbek xalqi E.siga oid ilmiy ahamiyatga ega materiallar toʻplash davri 19-asrdan boshlandi. Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan, oʻzbeklarni etn. jihatdan oʻrganish yoʻlida 1872-yil Moskvada ochilgan politexnika koʻrgazmasi munosabati bilan tayyorlangan "Turkiston albomi", shuningdek, Rus geografiya jamiyatining Turkiston boʻlimi, Tibbiyot, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston boʻlimi, Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi, Turkiston qishloq xoʻjalik jamiyati, Xomutov toʻgaragi, Oʻrta Osiyo olimlari jamiyati, Rus texnika jamiyatining Turkiston boʻlimi, Sharqshunoslik jamiyatining Toshkent boʻlimining roli katta boʻldi. vujudga keldi, ya’ni hunnlar imperiyasi paydo bo‘ldi. Bu davlat ichki siyosatida turkchilik ruxida ish tutib, tashqi siyosatini birinchi navbatda Turon va turk dunyosini birlashtirishga qaratdi. CHunki bu o‘lkalarda til, aholining turmush tarzi bir-birlariga yaqin bo‘lgan hamda siyosiy jihatdan Eron an’anaviy davlatchiligidan ajralib chiqish kayfiyatidagi turkiy xalqlar yashar edi. Keyinchalik, Turk xoqonligi va Qoraxoniylar davlati ham aynan shunga tayanib ish ko‘rgan. Afsuski, hozirgacha murakkab tarixiy jarayonlarning bunday siyosiy jihatlari taxlil qilinmay, mintaqaning tubjoy aholisi faqat eroniy tilli xalqlar bo‘lgan deb, ular bilan birga yagona hududiy kenglikda turkiy qavmlar ham yashaganligi hisobga olinmay, qadimgi Turondagi turkiy etnosni inkor etish darajasigacha olib kelindi. Bunday qarashni sobiq sovet davri tarix fanining darg‘alari YU.Bregel, S.P.Tolstov, aka-uka Dyakonovlar, V.A.Livshits, turkolog S.G.Klyashtorniy, B.A.Litvinskiy, YU.YA.Staviskiy, B.G‘.G‘ofurov, V.M.Masson, E.E.Kuzmina va boshqalar fanga olib kirdilar. Bu qarash butun bir avlod ilmiy jamoatchiligi ongiga singdirildi. Arxeologiya va paleoantropologiya materiallari tahlili ham shu qarashga bo‘ysundirildi. Bunday qarashning fanda hukmron bo‘lishida O‘rta Osiyodan topilgan yozma yodgorliklar tili asos bo‘ldi. YAqingacha O‘rta Osiyodan topilgan qadimgi yozuvlar faqat xorazmiy, bohtariy, sug‘diy tillarida bi- tilgan, demak tubjoy aholi eroniy tilli bo‘lgan, deb ta’kidlab kelindi. Hatto turkiy yozma yodgorliklar ham o‘z nomi bilan atalmay, “noma’lum yozuv” deb e’lon qilindi. Etnogenez muammosini faqat yozma yodgorliklar tili bilan echish ilmiy chalkashlarga olib kelishi hisobga olinmadi. Masalan, eroniy tilli ahamoniylar davlat mahkamachiligida oromiy tili hukmron bo‘lgani holda, jonli xalq tili Eronda qadimgi forsiyda edi. Hatto podsholik sulolalari ketma-ket turkiy xalqlardan chiqqan vaqtlarda ham rasmiy hujjatlar tili forsiyda davom etgan. Turk xoqonligining ilk davrida sug‘d yozuvi va tili rasmiy hujjatlarda ishlatilgani ma’lum. CHunki sug‘d tili ilk o‘rta asrlarda juda keng geografik doirada Buyuk ipak yo‘li bilan bog‘liq holda, jahon savdo tili darajasiga ko‘tarilgan edi. Movarounnahrda arab xalifaligi istilosidan keyin rasmiy mahkamachilik, ilmiy ijodiy til arabcha, hayotda esa eroniy va turkiy edi. Demak, yozma yodgorliklar tili etnogenez muammosini hal etishda asosiy omil bo‘la olmaydi, aksincha ko‘p hollarda chalkashlarga olib kelishi mumkin. Biroq bundan yozma yodgorliklar tilining etnogenez muammosi echimida o‘rni yo‘q, degan ma’no chiqmaydi. Qadimgi siyosiy uyushmalar va davlatlardagi rasmiyat va maxkamalar tili hech qachon shu uyushmalar hududida yashagan har xil etnik qatlamlar tilini, ularning etnik tarkibini to‘liq aks ettira olmaydi. O‘rta Osiyodagi ikki tilli xalqlarning aralashib yashashi, ular orasidagi bir-birlariga yaqinlashish va integratsiya jarayonlari turli etnik qatlamlar yaratgan mushtarak madaniyat, fan va ma’naviyat hamda siyosiy hoki-miyat oxir-oqibatda, o‘zbek va tojik qardosh xalqlarining deyarli bir vaqtda shakllanishiga olib kelgan. YUqorida o‘zbek xalqining shakllanish tarixi uzoq davom etgan etnogenetik jarayon natijasidir, dedik. Bu jarayon ya’ni o‘zbeklarning etnogenezi XI asrgacha davom etadi va u g‘arbiy qoraxoniylar davlati doirasida, XI-XII asrlarda o‘zbek xalqi uzil-kesil shakllandi. SHundan so‘ng o‘zbek xalqining etnik tarixi boshlandi. O‘zbeklarning etnik tarixi davomida, unga keyinroq qo‘shilgan etnik komponentlar uzil-kesil shakllangan o‘zbek etnosi tarkibini deyarli o‘zgartirib yubora olmadi, balki uning bag‘rida etnik guruxlar sifatida uzoq vaqt yashab, ma’lum bir tarixiy davrdan so‘ng o‘zbek xalqi tarkibiga singib ketdi. O‘zbek xalqining millat sifatidagi tarixi XIX asr oxiri – XX asr boshlaridan boshlanadi. Millat shakllanishi ham xalqning tarkib topishi kabi uzok. davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon bo‘lib, millat etnik tarixning eng yuksak yuqori cho‘qqisi, kamolat bosqichidirki, bu bosqichga ko‘tarilgan xalqning davlati millat nomi bilan yuritiladi, u suveren davlat sifatida ichki va tashqi siyosatini mustaqil yuritadi, millat tili davlat tili maqomini oladi, uning davlat chegaralari qat’iy, daxlsiz bo‘lib, jahon hamjamiyati tomonidan tan olinadi, millatning o‘zlikni anglash darajasi yuksak, milliy g‘urur, vatanga fidoyilik, ona zamin va xalqiga sodirushk millat fuqarolari hayotining mazmuniga, kundalik turmush tarziga aylanadi, millatga xos mentalitet shakllanadi, davlat jamiyat tomonidan botiqariladi, ya’ni davlat millatning xohish-irodasini bajaruvchi mexanizmga aylanadi. Millatni til, territoriya va etnomadaniy jixatdan birlashtiruvchi omil iqtisodiy negizdir. Millatning iqtisodiy-xo‘jalik birligi asosida til va territoriya hamda etnomadaniy birliklar paydo bo‘ladi. Millatning iqtisodiy va siyosiy birlashishi xalq so‘zlashuv tilining (laxjalarining) yaqinlashishi asosida yagona milliy adabiy tilning paydo bo‘lishiga olib keladi. Uning davlat tili maqomi darajasiga ko‘tarilishi esa millat nomi bilan atalgan davlatning mustaqillik belgilaridan nishonadir. Davlat pul birligining paydo bo‘lishi va jaxon bozoridagi mavqei, uning iqtisodiy qudratidan nishonadir. Uning mustaxkam zamini davlat iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy siyosatining barqarorligiga bog‘liq. Fuqarolarning o‘zlikni anglash darajasi istiqbolli iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, shubxasiz, bundan o‘zbek millati va davlati ham Hulosa Bundan maqsad, bo‘lajak tarixchi talabalarning etuk mutaxassis bo‘lib shakllanishlari uchun, ularga o‘zbek xalqining kelib chiqishi va uning xalq, millat bo‘lib shakllanish jarayon- lari haqida davlat ta’lim dasturi asosida tushuncha berish, ularni shu masala bilan bog‘liq konsepsiyalar va ularning tub mohiyati bilan hamda etnogenez va etnik tarixning nazariy hamda ilmiy-metodologik asoslari bilan tanishtirish, etnogenez va etnik tarix haqidagi tushunchalar: etnik alomatlar va belgilar, o‘zbek xalqi etnogenetik jarayonining murakkab kechish sabablari va ular o‘rtasidagi tarixiy va xronologik tafovutlar haqida talabalarga ob’ektiv ma’lumotlar berishdan iborat. CHunki O‘rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi masalasida, fanda hozirgacha davom etib kelayotgan turlicha qarashlar va ba’zan uchrab turadigan g‘ayriilmiy tushunchalar, o‘zbek xalqining tarixi hozirda egallab turgan hududlar bilan azaldan bog‘liq ekanligiga soya solmoqda. Ayniqsa, YUriy Bregel, No‘‘mon Negmatov, Rahim Masov, Sergey Polyakov, Alisher Ilxomovlarning qarashlari fan yutuqlariga mutlaqo ziddir. Foydalanilgan adabiyotlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: “O’zbekiston”, 2019. Mirziyoyev Sh.M. Miliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. Asarlar 1-jild. –T.: “O‘zbekiston”. 2018. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Asarlar 2-jild. –T.: “O‘zbekiston”. 2018. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi. Asarlar 3-jild. –T.: “O‘zbekiston”. 2019. Download 31.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling