О‘zbek xonliklaridagi harbiy ishlar tarixidan
Download 43.03 Kb.
|
ЎЗБЕК ХОНЛИКЛАРИДАГИ АРБИЙ ИШЛАР ТАРИХИДАН
О‘ZBEK XONLIKLARIDAGI HARBIY ISHLAR TARIXIDANReja: XVI-XVIII asrlarda xonliklarda harbiy ishlar XIX asrda xonliklarda harbiy sohaning ahvoli va harbiy islohotlar Адабиётлар: Шукуриллаев Ю.А. Бухоро амирлигида қўшин ва ҳарбий иш (1753 – 1920 йй). Тарих фан номз..... дисс. Т.2006. 11-б. Муҳаммад Саййид Балжувоний. Тарих-и нофеи. Тожик тилидан таржима, сўз боши ва изоҳлар муаллифлари Шодмон Воҳидов, Зоир Чориев. Т.: Академия, 2001. Пулатов Ю., Мирхаликов А. К истории огнестрельного оружия в Средней Азии. Материалы по истории Узбекистан. Т.: АН УзССР, 1963. –С.103. ЎзР МДА. 715-ф., 1-р., 24-й.ж. 240-242 - вв. ЎзР МДА. 715-ф., 1-р., 23-й.ж. 109-114 - вв. Зияев Ҳ.З. Туркистонда Россия тажовузи ва ҳукмронлигига қарши кураш. Т.Шарқ. 1998. –Б.159. Фитрат А. Ҳиндистонда бир фаранги ила бухоролик мударриснинг жадид мактаблари хусусида қилган мунозараси. //Шарк юлдузи, 1997 № 1; Бехбудий. Бухоро хонлигига саёҳат. // Ҳаёт ва иқтисод, 1990, № 1. XVI asr boshlarida shakllangan Buxoro davlati sulolalar almashinuvi va siyosiy-iqtisodiy evrilishlarga qaramasdan XX asr boshlarigacha, 400 yildan ortiqroq hukm surdi hamda о‘zbek davlatchiligi tarixida va uning taraqqiyoti bosqichlarida о‘ziga xos iz qoldirdi. XVI-XVIII asrlarda Movarounnahrda dastlab Shayboniylar, sо‘ng Ashtarxoniylar hukmronlik qildi. Ashtarxoniylar hukmronligining nihoyasida Buxoro xonligidan Farg‘ona mulklarining ajralib chiqishi va Qо‘qon xonligining shakllanishi natijasida Movarounnahr uchta mustaqil davlat – Xiva, Buxoro, Qо‘qon xonliklariga bо‘linib ketdi. Shunga qaramasdan mazkur davlatlar orasida Buxoro xonligi (1756-1920 yilarda Buxoro amirligi) о‘zining siyosiy, iqtisodiy hamda harbiy mavqeiga kо‘ra birmuncha yetakchi davlat hisoblangan. Mamlakatning harbiy sohasini rivojlantirish va takomillashtirish borasida turli vaqtlarda qator islohotlar amalga oshirilgan va buni deyarli har bir sulola vakillarining hukmronligi davrida kuzatish mumkin. Mamlakat siyosiy hayotida, davlat boshqaruvida yirik sarkardalar, qо‘shin boshliqlarining о‘rni katta edi. Ichki va tashqi xavfni bartaraf etishda, yangi yerlarni bosib olish uchun qilinadigan istilochilik yurishlarida qо‘shinlarning soni, harbiy tayyorgarligi, qо‘shin boshliqlarining qо‘mondonlik mahorati katta ahamiyat kasb etardi. Shayboniylar qо‘shini asosan otlik va piyoda askarlardan tashkil topgan. qо‘shin urishda о‘q-yoy, uzun, nayza, qilich, gurzi, uzun dastali jang boltasi (tabarzin), changak kabi asosiy hujum qurollaridan foydalangan. Abdullahon II davrida qо‘shin Xorijdan keltirilgan pilta miltiqlardan qurollantirilgan. Shayboniylar qо‘shnida navkarlar himoya uchun qalqon (sipar)dan foydalanganlar, hamda temir simdan mayda qilib tо‘qilib, usti ipak va baxmal mato bilan yopilgan sovut-jovshan (forscha baxtar) yoki jiba (jeva) – temir yoki pо‘latdan ishlangan maxsus kiyim kiyib jang qilganlar. Abudllaxon II davrida Yevropadan keltirilgan jovshan (sovut) ham bо‘lgan. Urushda yaroq va о‘q о‘tmasligi uchun otlar ustiga maxsus zirxli yopinchiq - gejm (kejim) yopishgan. Qо‘shin tarkibida naftandozlar, manjaniqchilar va tosh otuv-chilar ham bо‘lib, ular shahar va mudofaa qо‘rg‘onlarini egallashda katta о‘rin tutgan. XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Abdullahon II qо‘shinida chet ellardan keltirilgan kichik zambaraklar paydor bо‘ladi. Qо‘shin tarkibi, uning jangovor saflanishi, jang qilish tartibi, Chingizxon va Amir Temur qо‘shinlari harbiy tuzilishi va urush taktikasiga asoslangan bо‘lib, unga Shayboniyxon davrida kо‘chmanchi о‘zbeklarga xos bо‘lgan bir qancha yangi jang usullari kiritildi. Shayboniylar qо‘shini asosan, qalb (kavl) deb ataluvchi markaziy qism, barong‘or (о‘ng qanot) va javong‘or (sо‘l qanot) qismlaridan hamda xirovul (qо‘shinning orqa qismi)dan tashkil topgan. Ularga xonning о‘zi va tajribali о‘zbek sultonlari boshchilik qilgan. Qо‘shinning qanotlariga boshchilik qilgan sarkarda о‘g‘lon deb yuritilgan. Qо‘shini oldida manglay (avangard) deb ataluvchi harbiy qism yarim doira shaklida saf tortib borgan. Uning oldida esa tez harakatlanuvchi kichik jangovor qism - ilg‘or bо‘lgan. Shayboniylar qо‘shinida umumiy qism oldida boruvchi «qoravul» deb atalgan maxsus qism, qо‘shinining о‘ng va sо‘l qismlari oldida boruvchi "kichik" g‘о‘l deb yuritilgan bо‘linmalar va ortidan boruvchi maxsus yordamchi bо‘linma-chanoh bо‘lgan. Qо‘shin tarkibida tug‘chi qism, ya’ni bayroq ostida ehtiyotda turuvchi (tug‘ni qо‘riqlovchi) 20-30 ming kishilik jangovor harbiy bо‘linma hamda zabongirlari – ya’ni dushman tomonidan yashirish ravishda “til” tutib keluvchi maxsus bо‘linma va xabarchi - dushman tо‘g‘risida umumiy ma’lumot keltiruvchi bо‘linmalar ham bо‘lgan. Harbiy yurishlar paytida xon uchun rasmiy qabul marosimlari о‘tkaziladigan maxsus joy-bargoh hozirlashgan. Qо‘shinda saralangan о‘zbek navkarlaridan tuzilgan xonning qо‘riqchilari ham katta rol о‘ynagan. Shayboniylar qо‘shini ham Chingizxon va Amir Temur qо‘shinlaridek 10 ming kishilik lashkarlarga – tumanlarga bо‘lingan. Unga nо‘yon deb ataluvchi harbiy sarkarda boshchilik qilgan. Tumanlar о‘z navbatida minglik, yuzlik, о‘nliklarga bо‘lingan. Qо‘shinni jangga hozirlash, ularning maoshini tо‘lash va boshqa tashkiliy ishlar bilan maxsus amaldor – tavochi shug‘ullangan. Qо‘shinni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashga ma’sul bо‘lgan amaldorlar –jevachi bо‘lib, u xonning qurol-aslahalariga ham javobgar bо‘lgan. Harbiy amaldorlar va navkarlarga xazinadan beriladigan yillik maoshdan tashqari harbiy yurishlar paytida qо‘lgan kiritiladigan о‘ljadan ham berib turilgan. XIX asrda Buxoro amirligida harbiy sohada va harbiy ishlarda jiddiy о‘zgarishlar amalga oshirildi. Bunday islohotlar qisman bо‘lsada, mang‘itlar sulolasi asoschisi Muhammad Rahim tomonidan olib borildi. Buxoro amirligining harbiy qudrati, ayniqsa, Amir Nasrullo hukmronligi davrida о‘zining eng yuqori nuqtasiga yetdi. Uning davrida Buxoroda muntazam armiya – sarbozlar (sipoh) qо‘shini tashkil etildi. Ularning soni 40 mingga yaqin bо‘lgan. Qо‘shinlar otliq va piyoda jangchilardan tashkil topgan bо‘lib, ularning qurollari asosan qilich, nayza va о‘q-yoydan iborat edi. Buxoro amirligi qо‘shinlari mamlakatning barcha shaharlarida, ayniqsa, chegara shaharlar (Jizzax, О‘ratepa, Qorakо‘l, Marv)da joylashtirilgan. Bu davrda Buxoroda zambaraklar yasovchi chet ellik (eronlik) mutaxasislar ham bо‘lganligi mavjud. Biroq shunga qaramay, qо‘shinni zamonaviy miltiqlar va zambaraklar bilan qurollantirish sohasida boshlangan ishlar tugallanmasdan qolib ketdi. Bu vaqtdagi harbiy holat haqida mahalliy tarixchilar asarlarida ham bir qator ma’lumotlar yozib qoldirilgan. -“Buxoroning lashkari boshqa davlatlarnikiga qaraganda ancha zaifdir. Buxoro hukumatida harbiy bilimlarni bilganlar juda kam bо‘lib, shaharning shonu - shuhrati о‘tmishda qolgan”,-deb, mahalliy tarixchilar yozib qoldirganlar. Buxoro amirligi nodonliklari, manmanlikka berilganliklari, oxiri oqibatda Rossiya bosqiniga duchor bо‘lganligi Muhammad Sayid Baljuvoniy, Ahmad Donish va boshqa mualliflarning bir qator asarlari orqali bilishimiz mumkin1. Natijada XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Buxoro amirligining katta qismi Rossiya qо‘shinlari tomonidan bosib olindi. Buni о‘z navbatida, XVII-XIX asrlarda mintaqamizda harbiy sohada hech qanday yuksalish bо‘lmaganligi hamda zamonaviy qurol-yarog‘larning yetarli emasligi bilan izohlash mumkin. Oliy harbiy amaldorlar “sarkarda” unvoniga ega bо‘lib, davlat xazinasidan maosh olib turishgan. Amirdan keyin turuvchi eng yuqori harbiy amaldor “qо‘shbegi” (qо‘shin boshlig‘i) turardi. Unga qо‘shinni boshqarishda dodxoh, qо‘rg‘onbegi, tо‘qsoba, mingboshi kabi oliy va ponsadboshi, yuzboshi, dahboshi kabi harbiy bо‘linma boshliqlari yordam berishgan. Download 43.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling