O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Analitik hisobot (tushuntirish xati)


Download 1.1 Mb.
bet122/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Analitik hisobot (tushuntirish xati) odatda tashqi foydala- nuvchilar uchun yoziladi. Tahlil natijalari ichki xo‘jalik ishlarida foydalanish uchun yo‘naltirilgan bo‘lsa, ular ma'lumotnoma yoki xulosa ko‘rinishda rasmiylashtiriladi.
Analitik hisobotning tarkibi to‘liq bo‘lishi kerak. Awalambor, u korxona rivojlanishining iqtisodiy darajasini namoyon qiladigan, xo‘jalik yuritishning shartlarini, korxonada baho siyosatining tavsifi, mahsulotning raqobatdoshligi, mahsulotlami xarid qilish bozorlarining kengligi, mahsulotlaming bozordagi o‘mi, korxona mavqei kabi umumiy savollami qamrab olishi kerak. Shuningdek, hisobotda bozordagi har bir mahsulotning hayotiy holati, real hamda potensial raqobatchilami, ular biznesining kuchli va kuchsiz tomonlarini ko‘rsatib tavsiflash lozim.
Bundan keyin korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy natijalarini tavsiflovchi, mulkiy va moliyaviy holatini, natijalaming samaradorligini, rivojlanish holati kabi ko‘rsatkichlar dinamikasini ifodalab berishi kerak. Shuningdek, pul oqimlari, moliyaviy natijalar va asosiy tomonlarga ta'sir ko‘rsata oladigan korxonaning hisob siyosatidagi o‘zgarishlarini ochib berish kerak.
Analitik hisobotda hisobot davri mobaynidagi korxona faoliyatining ijobiy va salbiy tomonlari ko'rsatiladi hamda ishlab chiqarish va moliyaviy natijalarga ta'sir ko‘rsatadigan obyektiv va subyektiv, ichki va tashqi omillar tushuntirib beriladi. Yana, mavjud bo'lgan kamchiliklami bartaraf etishga yo'naltiriladigan hamda yaqin va uzoq muddatda korxona faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida qilinadigan ishlar ko‘rsatib beriladi.
Hisobotning analitik qismi aniq va asoslangan bo‘lishi shart. U analatik hisobotlardan, kerakli ma'lumotlar yig'ilgan jadvallardan, grafika va diagrammalardan iborat bo‘lishi mumkin. Uni rasmiy- lashtirishda tahlil natijalari asosida qilingan taklif va xulosalarga alohida e'tibor qaratish lozim. Ular har tomonlama asosiangan va korxona faoliyati natijalarini yaxshilashga qaratilgan bo‘lishi kerak.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling