O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


S ipahsulotlar diversifikatsiyasi hamda hajmini oshirish; S


Download 1.1 Mb.
bet130/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

S ipahsulotlar diversifikatsiyasi hamda hajmini oshirish;
S mahsulotlaming tarkibi hamda sifatini yaxshilab borish;
S tabiiy resursiardan foydalanishni yaxshilash.
S ishlab chiqarishning rivojlanishi va shu kabilar.
Korxonadagi imkoniyatlar faoliyatni intensiv rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari sifatida intensiv va ekstensiv yo'nalishlar tarkiblanadi. Intensiv rivojlan- tirish va ekstensiv rivojlanish yo‘nalishlari bir-biridan bevosita miqdoriy ko‘rsatkichlarga farqlanishi bilan tavsiflanadi.
Ekstensiv asosda rivojlanish mahsulot hajmining oshishi unga ta’sir etuvchi omillaming (mehnat vositalari, mehnat predmetlari, yer, ish kuchi sarfi va shu kabilar) o‘zgarishi bilan mutanosib holda sodir bo‘ladi. Misol uchun, hosilning ko‘payishi yer maydonining kengayishi, non mahsuloti un sarfi o‘zgarishi va shu kabilar bilan amalga oshiriladi
Intensiv rivojlanishda esa natijaning (mahsulot hajmi) ijobiy o‘zgarishi resurs sarfi oshishi bilan shartlanmaydi. Misol uchun, hosil miqdori hosildorlikni oshirish hisobiga ko‘paytiriladi. Yer maydonining kengayishi yoki o‘z holatida qolishi bu jarayonda e’tiborga olinmaydi. Intesiv rivojlanish fan-texnika yutuqlari hamda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish asosida amalga oshiriladi. Serhosil urug‘ navining ekilishi hosildorlikni keskin oshiradi. Texnikalardan unumli foydalanish texnologik tadbirlami o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.
Iqtisodiy tahlilda natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishini baholashda intensiv yoki ekstensiv rivojlanishga baho berish zarur. Misol uchun, ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmini oshishi ishchilar sonini ortishi yoki bir ishchining mehnat unumdorligini o'zgarishi bilan sodir bo‘lganligini bilish hamda uning dinami- kasini kuzatish kerak. Bu bilan nisbiy iqtisodlar aniqlanadi.
Ishlab chiqarishning ichki imkoniyatlari resurslarning har bir turi, ulardan foydalanish o‘mi, joyi bo‘yicha o‘rganilgan holda tarkibli va umumiy o‘rganilgan holda korxona bo'yicha kompleks baholanadi hamda ulami boshqarishning chora-tadbirlari belgilanadi.
Ishlab chiqarish faoliyatini intensifikatsiya qilinganlikning baholash ham kompleks tahlilda muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun rentabellik ko‘rsatkichidan foydalanish maqsadga muvofiq- dir. Mazkur ko‘rsatkich asosiy faoliyatdan olingan foydani ishlab chiqarish asosiy vositalari va moddiy aylanma mablag‘larga nisbati bilan hisoblanadi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling