O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 1.1 Mb.
|
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltinchi bosqichda
To‘rtinchi bosqichda tizimdagi asosiy bog‘lanishlar va omillar belgilanib ularga miqdoriy tavsif beriladi. Asosiy vositalar bo‘yicha fond qaytimi, materiallar bo‘yicha material qaytimi, mahsulot bo‘yicha mahsulot hajmi va shu kabilar.
Beshinchi bosqichda dastlabki bosqichlarda olingan ma'lumotlar asosida tizimning modeli quriladi. Bunda muayyan korxonaning ma'lumotlari kiritilib, miqdor jihatdan asosiangan ko‘rsatkichlar olinib modelning parametrlari shakllantiriladi. Oltinchi bosqichda model parametrlari bilan ishlanadi. Bundaishlab chiqarishning samaradorligiga, uning oshiruvchi omillarga, faoliyat natijalariga obyektiv baho beriladi. Kompleks iqtisodiy tahlilda tizim asosida yondashishda asosiy jihat mantiqiy-uslubiy holatni ilmiy shakllantirib tasvir ko‘rinishida ifodalashdir. Ushbu tahlil turining asosiy jihati esa samaradorlikni ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichga har bir blokning alohida bog‘- liqligi va ta'siri, bloklaming o‘zaro ta'siri, o‘zaro shartlanganligi tahlilida bog‘liqlik hamda tizimlilikni mavjudligidir. Boshqaruv maqsadlaridan kelib chiqib kompleks iqtisodiy tahlil uslubida quyidagi elementlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. iqtisodiy tahlilning maqsad va vazifalami aniqlash; ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish; tahlil o‘tkazishning uzluksizligi va chizmasi; tahlil o‘tkazishning muddati va davriyligi; ma'lumotlar olish hamda ulaming qayta ishlash usullari; iqtisodiy ma'lumotlaming tahlil qilishning usul va texnikalari; tahlil o‘tkazishning bosqichlari hamda majburyatlaming taqsimlanish tartibi; tahlil uchun zarur bo‘lgan hisoblash texnikasi hamda tash- kiliy tizim; tahlil natijalarini rasmiylashtirish tartibi hamda ulaming baholash; analitik ishlami mehnattalabligini baholash hamda tahlil o‘tkazish samarasini hisob-kitob qilish. Kompleks iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlar tizimidan foydala- niladi. Ular qatoriga quyidagi asosiy ko'rsatkichlami kiritish mumkin: Mehnat resurlesidan samarali foydflaniahni tavsi taovcln ko‘rsatkichlar tahlili. Mehnat vositalaridan samarali foydalanishni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tahlili. Nomoddiy aktivlardan samarali foydalanishni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Mehnat ashyolari, buyumlaridan samarali foydalanishni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tahlili. Ishlab chiqarish va faoliyat natijaviyligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tahlili. Moliyaviy holat va to‘lov layoqatini tavsiflovchi ko‘rsat- kichlar tahlili. Kompleks tahlilda tizimli o‘rganish barcha faoliyatni turli manfaatlar nuqtai nazaridan, ma'lum ketma-ketlikda, tartib va qonuniyatlami e'tiborga olgan holda o‘rganishdir. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling