O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Moddiy resurslar samaradorligi tahlili
Download 1.1 Mb.
|
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobot yili
- Moddiy zaxira sarflari, ming so‘m
- Moddiy sarflar qaytimi (1/2)
- Moddiy sarflar sig‘imi (2/1)
- Xarajatlar va mahsulot ishlab chiqarish tannarxining tahlili
Moddiy resurslar samaradorligi tahlili
jadval ma'lumotlaridan ma'lum bo‘lmoqdaki, korxonada moddiy sarflaming samaradorlik darajasi o‘tgan yilga nisbatan bir qadar yomonlashgan. Moddiy zaxira sarflari qaytimi o‘tgan yilga nisbatan 0,187 so‘mga kamaygan. Sig‘im ko‘rsatkichi esa 0,085 so‘mga oshgan. Demak, korxona mutaxassislari bu boradagi holatni yaxshilashga jiddiy e'tibor qaratishlari zarur. Moddiy resurslar tahlilida ulaming aylanuvchanlik darajasiga korxona moliyaviy holatiga baho berishning muhim ko‘rsatkichi sifatida qaraladi. Moddiy sarflaming aylanuvchanlik darajasi koeffisentlarda va kunlarda aniqlanadi. Sotilgan mahsulot hajmini (yoki Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini) tovar-moddiy zaxiralaming o‘rtacha qoldig‘iga bo‘lish bilan aylanuvchanlik koeffisenti hisoblanadi. Koeffisent miqdorini oshib borishi ijobiy holat sanaladi. Chunki u aylanishlar miqdorini ko‘rsatib beradi. Tovar-moddiy zaxiralaming o'rtacha qoldig‘ini hisobot davri kunlari soniga ko‘paytirib, natijani sotilgan mahsulot hajmiga (yoki Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga) bo‘lish bilan moddiy zaxiralami aylanish kunlari topiladi. Kunlar sonnini kamayishi ijobiy holat deb qaraladi. Chunki, aylanishning tezla- nishi kunlar sonini qisqartiradi. Demak, mablag‘ tez bo‘shaydi. Moddiy zaxiralar tahlili natijalari ulardan samarli foydlanish yo‘llami topishda muhim ahamiyatga ega. Xarajatlar va mahsulot ishlab chiqarish tannarxining tahlili Zamonaviy iqtisodiy nazariyada xarajatlar tushunchasi korxona faoliyatining buxgalteriya hisob-kitoblarida aks etadigan xarajatlar tushunchasidan farq qiluvchi ba'zi bir jihatlarga ega. Chunki buxgalteriya hisob-kitoblarida xarajatlar mazkur fanning usullari, tamoyillari va rasmiy belgilangan talablari asosida shakllantiriladi. Buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlar xarajatlari tushunchasi - aktivlardan foydalanish yoki ulaming chiqib ketishi, foydani kamaytiruvchi zararlar yoki majburiyatlami qamrab oladi deb ifodalanadi Bundan ma'lum bo‘lmoqdaki, xo‘jalik subyektlarining xarajatlari o‘z mazmuni, yuzaga chiqish shakli va boshqa belgilari bo‘yicha bir necha turdan iborat bo‘ladi. Ulami alohida o'rganish xo‘jalik faoliyati moliyaviy natijalarini to‘g‘ri aniqlash, mablag‘larrii maqsadga muvofiq sarflash, ulami boshqarish, nazorat qilish, tahlil etish, bu boradagi hisob ishlarini ilmiy tashkil etish hamda soddalashtirish uchun zarur. Xo‘jalik subyektlari faoliyatidagi xarajatlar to‘g‘risida iqtisodiy ma'lumotlami obyektiv shakllantirish masalasi - buxgal- teriya hisobi va uning usullari orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy tahlilda ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilishning turli usullari mavjud. Xarajatlami zararsizlik nuqtasi yoki zararsizlikni ta'minlovchi mahsulot hajmi bo'yicha tahlil qilish ham keng tarqalgan yondashuvlardan biridir. Ushbu tartibda xarajatlami o‘zgarmas, o‘zgaruvchan hamda diskert tartibdagi turlari bo‘yicha o'rganish mumkin. Yoki, eng maqbul foyda hajmini ta'minlaydigan xarajat miqdorini belgilash kabilar tahlil ishlarida samarali qo‘llaniladi. Moliyaviy natijalami shakllantiruvchi xarajatlar tarkibini Tahlili ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Unda sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, davr xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar kabilar ham bu boradagi o‘rganiladigan masalalardir. Ishlab chiqarish tartibidagi sarflami o‘zida umumlashtirib aks ettirgan mahsulot tannarxi ham xarajatlar tahlilida markaziy jihat egallaydi. Amaldagi tartibga mufofiq milliy hisob tizimimizda xarajatlar quyidagi elementalardan tashkil topadi: bevosita va bilvosita tavsifdagi moddiy xarajatlar; bevosita va bilvosita tavsifdagi ish haqi xarajatlari hamda unga bog‘liq ijtimoiy ajratmalar; bevosita va bilvosita tavsifdagi asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; bevosita va bilvosita tavsifdagi boshqa xarajatlar. Mahsulot tannarxini tahlil etishdan asosiy maqsad uni pasaytirish yuzasidan korxonada mavjud bo‘lgan ichki imkoniyatlami aniqlash va foydani oshirish masalasida xarajatlami to‘g‘ri va o‘rinli boshqarishning shartlarini belgilashdan iborat. Bunda Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va ulaming o'zgarish sabablariga ahamiyat beriladi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilgan barcha xarajatlaming o‘zgarish sabalarini me'yorlar va baholar ta'siri asosida tadqiq etish mumkin. Mahsulot tannarxini tahlil etishda muhim iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga baho beriladi. Bo‘larga quyidagi- lami kiritish mumkin. Ya'ni, a) bir so‘mlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan - material xarajatlar; ish haqi va ijtimoiy ajratmalar; asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; boshqa xarajatlar; b) mahsulotning jami xarajat sig‘imi; o‘zgaruvchan xarajatlar; o‘zgarmas; diskert xarajatlar. Bir so‘mlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan xarajat ko‘rsat- kichlari quyidagi bog‘lanishlar bo‘yicha aniqlanadi. jadval Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling