Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish. Avtomatlashtirish tushunchasi


Download 487.82 Kb.
bet1/8
Sana04.05.2023
Hajmi487.82 Kb.
#1424884
  1   2   3   4   5   6   7   8

1.1. TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA ISHLAB CHIQARISHNI AVTOMATLASHTIRISH.
1. Avtomatlashtirish tushunchasi- Boshqariluvchi obyekt va avtomatik boshqarish quriimasi (rostlagich) birgalikda hamda ulami o‘zaro ta’siri - avtomatik boshqarish tizimi deyiladi.
A BT - bu shunday tizimki, unda boshqarilish vazifasi avtomatik bajariladi, ya’ni inson ishtirokisiz.
Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi — bu tizimda boshqarish vazifasini bir qismi avtomatik boshqarish qurilmasida bajariladi, bir qismi (ayniqsa, muhim va murakkab qismi)ni esa inson bajaradi. Qurilma (tizim)ning ishlash algoritmi — bu qurilma (tizim)da texnik jarayonni to‘g‘ri bajarilishi haqida yetakchi buymqlar majmui. Boshqarish obyekti (BO) - texnik jarayonni amalga oshiruvchi va ishlash algoritmini amalga oshirish uchun maxsus tashkil etilgan tashqi ta’sirga muhtoj qurilma (qurilmalar majmui), moslama yoki jarayon. Boshqarish obyekti - zaruriy holatni ta’minnlashi kerak (1.3-rasm).
ABNda boshqarish obyekti istalgan texnik obyekt, texnologik jarayon, shuningdek, sodda ABT bo‘lishi mumkin.
Istalgan obyekt tashqi muhitning obyektga ta’siri, rostlagichli boshqarish signalining ta’siri, obyektning o‘zida jarayonlarni belgilovchi kattaliklar qatorida tavsiflanadi.
Та’sir deb tashqaridan obyektga ta’sir etuvchi kattaliklarga aytiladi (1.3-rasm). Ta’sirlaming ikki turi mavjud:
1. Boshqaruv ta’siri ≪(boshqaruv signali, boshqaruvchi kirish kattaligi) - bu boshqaruvchi qurilma tomonidan ishlab chiqiluvchi (yoki inson tomonidan beriluvchi) ta’sir.
2. G‘alayon f - boshqarish tizimiga bog‘liq bo‘lmagan obyektga ta’sir. G'alayon yuklamaga - bu tizimning ishlashiga bog‘liq bo‘lgan tashqi ta’sir va xalaqitga - obyektda qo‘shimcha ko'rinishda bog‘liq bo‘lgan zararli tashqi ta’sirlarga bo’linadi.
K undalik hayotimizda biz har xil jarayonlami boshqarishga duch kelamiz. Masalan, korxona faoliyatini, harbiy operatsiyalarni, transport vositalarini va hokazo. U yoki bu jarayonni oldiga qo‘yilgan maqsad sari yo‘naltirishga boshqarish deyiladi.
Har qanday jarayonni boshqarish quyidagi to‘rtta bosqichdan iborat. Buni sxematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin (1.4-rasm):

Download 487.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling