O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Nomi Hisoblash tartibi


Download 1.1 Mb.
bet133/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Nomi

Hisoblash tartibi

Bir xodimga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi

Mahsulot (ish, xizmat) hajmi
mu-
Xodmlarning o‘rtacha soni

Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi

Mahsulot (ish, xizmat) hajmi
mu-
Ishchilaming o'rtacha soni

Bir kunlik mehnat unumi

Mahsulot (ish, xizmat) hajmi
mu-
Jami ishlangan ish kunlari

Bir soatlik mehnat unumi

Mahsulot (ish, xizmat) hajmi
mu-
Jami ishlangan ish soatlari


7.2-jadval


Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari




  1. jadvaldagi hisoblash tartiblarini quyidagi misol yordamida ko‘rib chiqamiz.

  2. jadval

Bir xodimga, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi va uning o‘zgarishiga ta'sir etuvchi omillar tahlili

Ko‘rsatkichlar

O‘tgan yii

Hisobot yili

Farqi (+;-)

0‘sish darajasi

A

1

2

3

4

1. Mahsulot hajmi korxona ulgurji bahosida, ming so‘m

15-428000

18650000

3222000

120,9




2. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari soni, kishi

1914

1760

-154

91,9

a) Shu jumladan; ishchilar

1560

1450

-110

92,9

3. Jami ishlangan ish kunlari, ming kishi - kuni

430.6

366.0

-64,6

85,0

4. Jami ishlangan ish soatlari, ming kishi - soat

3014,2

2635,2

-379,0

87,4

5. Bir sanoat ishlab chiqarish xodimiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi, ming so‘m (1/2)

8060,6

10596,5

2535,9

31,5

6. Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi, ming so‘m (1/2 a))

9889,7

12862,0

2972,3

30,0

7. Bir soatda ishlab chiqa- rilgan mahsulot, so‘m (1/4)

5118,4

7077,3

1958,9

38,2

8. Bir kishi kunida ishlab chiqarilgan mahsulot haj- mi, so‘m(l/3)

35,8

50,9

15,1

42,1



  1. jadval ma'lumotlaridan shuni xulosa qilish mumkinki, korxonada ishlab chiqarish samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkich mehnat unumining o‘zgarishi quyidagicha bo‘lgan; bir xodimga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi o*tgan yilga nisbatan 31,5 foizga oshgan, miqdor jihatdan esa 2535,9 ming so‘mga ko‘paygan. Qolgan ko‘rsatkichlar ham ijobiy o‘zgarishlarga ega bo‘lgan.

Iqtisodiy tahlilda o‘zgarishlarga ta'sir etgan omillar ham alohida o‘rganiladi.
Mehnat unumdorligining o‘zgarishiga ta'sir etuvchi omillami quyidagi uchta guruhga ajratish mumkin.

  1. Moddiy - texnik va texnologik.

  2. Tashkiliy - iqtisodiy.

  3. Ijtimoiy - ruhiy.

Moddiy-texnik va texnologik omillar ishlab chiqarishda samarador texnika va zamonaviy texnologik uskunalardan, shuning- dek axborotlar texnologiyasidan, yangi xom-ashyo va materiallardan foydalanishni tavsiflaydi. Ular ko‘proq mahsulotning hajmiga, sifatiga hamda mehnat va ashyoviy sarflariga ta'sir etadi.
Tashkiliy-iqtisodiy omillarga boshqaruvning, mehnat va butun ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali va zamonaviy tizimini qo‘llash usullari kiradi.
Ijtimoiy-ruhiy omillarga - xodimlaming sifat tasnifini tavsif- lovchi (malakasi, mehnat faolligi, majburiyati va xizmat vazifasiga ma'sulligi, sohibkorligi) jihatlarini faollashtirish masalalari kiradi.
Yuqorida tarkiblangan barcha omillar o‘zaro bog'liq va aloqadorlikdadir. Shu sababli ular tahlilda kompleks holda o‘rganiladi.
Mehnat unumdorligi va uning o‘zgarishiga ta'sir etuvchi omillami o‘rganishda bir ishlovchiga va bir ishchiga to‘g‘ri keladigan unumdorlik ko‘rsatkichlariga alohida ahamiyat beriladi. Bir xodimga to‘g‘ri keladigan mehnat unumining o‘zgarishiga ishchilaming jami ishlovchilar tarkibidagi salmog‘ining o‘zgarishi va bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi ta'sir etadi. Bir ishchining mehnat unumining o‘zgarishiga esa bir ishchi tomonidan o‘rtacha yillik ishlangan ish kunlarining o‘zgarishi, ish kuni davomiyligining o‘zgarishi hamda bir soatlik mehnat unumining o'zgarishini ta'sir etadi.
Tahlilda har omilning natijaviy ko‘rsatkichga ta'sir darajalari hisoblab topiladi va ulaming o‘zgarish ta'siri baholanadi.

  1. Asosiy vositalar va ulardan samarali
    foydalanishning tahlili


Asosiy vositalar ishlab chiqarish faoliyatida uzoq yillar qatnashadigan, o‘z boshlang‘ich qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibiga yoki moliyaviy natijalar hisobidan qoplanadi- gan xarajat obyektlariga o‘zining belgilangan xizmat muddati davomida bo‘lingan tartibda o‘tkazadigan hamda jismoniy shaklini o‘zgartirmaydigan mehnat qurollaridir. Shuningdek, asosiy vosita- lar korxonaga mulkiy jihatdan tegishli, kelgusida iqtisodiy naf keltirishi kutilayotgan hamda xizmat muddati uzoq vaqtni tashkil etadigan aktivlar jumlasiga kiradi.
Korxonada asosiy vositalami quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin.

  1. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga qarab:

  • aktiv asosiy vositalar;

  • passiv asosiy vositalar.

  1. Tarmoq bo‘ysunuviga qarab:

  • sanoat ishlab chiqarish asosiy vositalari;

  • boshqa tarmoq asosiy vositalari;

  • noishlab chiqarish asosiy vositalari.

  1. Foydalanishiga qarab:

  • foydalanishdagi asosiy vositalar;

  • foydalanishdan olib qo‘yilgan asosiy vositalar

  1. Turi bo‘yicha:

  • binolar, inshoatlar, uzatish moslamalari, mashina va uskuna- lar, transport vositalari, asbob-uskunalar, xo'jalik inventarlari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik ekinlar va boshqa asosiy vositalar.

  1. Mulkiy egaligiga qarab:

  • o‘ziga tegishli asosiy vositalar;

  • ijaraga olingan asosiy vositalar.

Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlar 3 - shakl “Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot” shaklidan olinadi. Ushbu tasnif tahlil maqsadlari uchun foydalaniladi.
Asosiy vositalami o‘rganishda ulaming texnik holat va harakat ko‘rsatkiehlariga muhim ahamiyat beriladi.
Asosiy vositalaming holat ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi:

  • asosiy vositalaming yaroqlilik darajasi;

  • asosiy vositalaming eskirish darajasi.

Yaroqlilik darajasi asosiy vositalaming qoldiq qiymatini ulaming boshlang‘ich qiymatiga boTish'orqali;
Eskirish darajasi asosiy vositalaming eskirish qiymatini ulaming boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi.
Yaroqlilik va eskirish koeffisentlari yig‘indisi koeffisentda 1 ga, foizda 100 teng bo‘ladi.
Asosiy vositalaming holat ko‘rsatkichlariga qarab ulaming texnik holatiga baho beriladi va ulami tartiblash bo‘yicha boshqa- ruv qarorlari qa'bul qilinadi.
Asosiy vositalaming holatini o‘rganishda korxona amortizat- siya siyosatiga, asosiy vositalaming ma'naviy eskirganlik daraja- siga, foydalanishdan olib qo‘yilgan asosiy vositalar holatiga muhim e'tibor qaratiladi.
Asosiy vositalaming holat ko‘rsatkichlarini ulaming har bir turi va jami bo‘yicha o‘rganiladi. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlar 1-shakl «Buxgalteriya balansi» va 3 - shakl «Asosiy vositalaming harakati to‘g‘risida hisobot” shakllaridan olinadi.

  1. jadval


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling