Mavzu: Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning o’zaro bog’liqligi
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Xizmat ko’rsatish turlari va ularni tahlil qilish.
2. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar.
3. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning o’zaro bog’liqligi
Xulosa
Foydalanilgan Adabiyotlar
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni bilan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi. Unga ko’ra ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish ichki va tashqi bozorni tavar bilan taminlash maqsad qilib olingan.1
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʼsish surʼatlarini saqlab qolish:
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan oʼrta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional oʼzgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori oʼsish surʼatlarini taʼminlash; xarajatlarning ijtimoiy yoʼnaltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni taʼminlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragʼbatlantiruvchi choralarni kengaytirish; ilgʼor xalqaro tajribada qoʼllaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |