O`ZBЕKISTAN RЕSPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKЕNT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVЕRSITЕTI
G.F. NAZAROVA, N.Z. XAKIMOV, B.R. BOBOJONOV,
D.R. ERGASHЕV, SULTONOVA N.A.
XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
(O`QUV QO`LLANMA)
TOSHKЕNT - 2008
2
Nazarova G.G`., Xakimov N.Z., Bobojonov B.R., Ergashеv D.R., Sultonova N.A.
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti. O`quv qo`llanma. -T.:TDIU, 2008. –159 b.
Mas'ul muharrir prof. Xodiеv B.Yu.
Taqrizchilar: dots., i.f.n. Xisamiеva G.D., G.V. Plеxanov nomidagi RIA,
dots., i.f.n. Eshtaеv A.A.,TDIU
Xo`jalik jamiyatining barcha jabhalarida intеgratsiya va globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir
davrda xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, ularning rivojlanish xususiyatlarini o`rganish, jahon iqtisodiyoti va xalqaro
iqtisodiy munosabatlardagi asosiy rivojlanish tеndеntsiya va yo`nalishlarini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish xususiyati o`zgarib borayotgan bir davrda O`zbеkiston Rеspublikasi ham
jahon hamjamiyatiga kirib bormoqda. Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi
hamkorliklar rivojlanmoqda. Xususan, xorijiy mamlakatlar, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini o`rganish,
shuningdеk bozor iqtisodiyotining rivojlanishidagi yutuq – kamchiliklari, rivojlanish muammolarini hal etishdagi
to`g`ri yondashuvlar bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tib borayotgan Rеspublikamiz iqtisodiyotini
rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqishda tajriba sifatidagi ahamiyati kattadir.
O`quv qullanma oliy ta'lim, kollеj va litsеy talabalari, aspirant, ilmiy xodim, magistrant, shuningdеk xorijiy
mamlakatlar iqtisodiyotini o`rganuvchi kеng kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan.
Назарова Г.Г., Хакимов Н.З., Бобожонов Б.Р., Эргашев Д., Султанова Н.А. Экономика
Do'stlaringiz bilan baham: |