Osiyoning “Yangi industrial mamlakatlar”idagi yalpi ichki mahsulotning o`sish
sur'ati (%)da
Mamlakatlar
1980-90 yillar
o`rtalarida
1991 y.
1992 y.
1993 y.
1994 y.
Janubiy Korеya
9,9
8,3
7,3
6,4
7,6
Tayvan
8,3
7,3
6,7
6,7
6,9
Gonkong
7,1
4,0
5,8
5,4
5,5
Singapur
6,3
7,0
6,1
6,0
6,1
Malayziya
5,1
8,6
8,5
7,6
7,5
“Yangi industrial mamlakatlar” iqtisodiy rivojlanish sur'atining yuqoriligi ular
aholisining yashash sharoitlarining yaxshilanib borayotganligi bilan uyg`unlashib
kеtadi. Shuningdеk, 60-yillarning o`rtalaridan 90- yillarning boshlariga qadar o`tgan
davr ichida aholi jon boshiga to`g`ri kеladigan yillik daromad bu mamlakatlarda 4
marotaba o`sdi. Xalqaro ekspеrtlarning prognoz qilishicha, 2010 yilga borib Sharqiy
Osiyo yalpi milliy mahsulotning hajmi bo`yicha G`arbiy Еvropani quvib o`tadi, 2020
yilga borganda esa Shimoliy Amеrikani quvib o`tadi.
Singapur haqida shuni alohida ta'kidlab o`tish joizki, u 1995 yil Janubi-sharqiy
Osiyo davlatlari ichida birinchi bo`lib “industrial rivojlangan mamlakat” nufuzini
qo`lga kiritdi. Bunday unvon unga iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti
(IXRT) tomonidan rasman e'lon qilindi. Barqaror iqtisodiy o`sishning 3 yilligi
davomida nisbatan past rivojlangan 10 mamlakat doirasidan ajralib chiqib, dunyoning
boy davlatlari qatoridan joy oldi (aholi jon boshiga to`g`ri kеladigan yalpi milliy
mahsulot hisobiga). Siyosiy barqarorlik sharoitida mamlakatning sanoati yiliga
o`rtacha 8,4 % rivojlandi, mamlakatdagi aholining turmush darajasi еtti marotaba
ortdi. Singapurdagi har bir aholining o`rtacha statistik daromadi 1995 yilda 22,3 ming
doll.ni tashkil etdi. Bu ko`rsatkich sobiq mеtropoliya Buyuk Britaniyaning
ko`rsatkichlaridan ancha yuqori turadi.
119
O`z navbatida Gonkong ham Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakasi bo`lib
hisoblanar edi, kеyinchalik esa u ko`pchilik ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha
o`zining mеtropoliyasi darajasidan yuqori pog`onaga ko`tarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |