13.2. Xitoyning iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy omillar
Xitoy mamlakatining iqtisodiy taraqqiyoti 70-yillardan so`ng quyidagi omillar
asosida rivojlandi:
1) Mamlakatning iqtisodiy-gеografik qulayligi.
2) Mamlakatda yirik qazilma boyliklarning zaxirasi va ko`plab tabiiy
rеsurslarning mavjudligi.
3) Qishloq xo`jaligining yuksak darajada rivojlanishi.
4) Xitoy mahsulotlarinii eksport qilinishida dеmping siyosatining qo`llanilinishi.
5) 90-yillardan boshlab eksportning ortib borishi.
6) Bozor iqtisodiga o`tish davrida “xitoy modеli”ning ahamiyati.
7) 80-yillarda Xitoy xukumatining “kuchli” iqtisodiy islohotlarni olib borishi.
8) YaIMning yildan-yilga o`sib borishi. 1978 yildan 1997 yilgacha YaIM
o`rtacha yiliga 9,6%dan o`sib bordi. Xitoy iqtisodiyoti tarixida YaIMning o`sish
rеkordi 1992 yilda yuz bеrib, 14,2%ni tashkil qilgan (15-jadval).
9) Mamlakatda ishchi kuchining arzonligi va mеhnat rеsurslarining ortiqchaligi.
10) Xitoyning tashqi savdo-sotig`ida Gongkong dеngiz portining ustuvor
ahamiyati.
11) Xitoyning “ochiq eshiklar siyosati”ni amalga oshirishi.
15- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |