O`zbеkistan rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti
Frantsiya TMKlarining jahon iqtisodiyotida tutgan o`rni
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti
6.3. Frantsiya TMKlarining jahon iqtisodiyotida tutgan o`rni Frantsiyaning xalqaro sanoat korporatsiyalari mamlakatning tashqi iqtisodiy mavqeini mustahkamlash va ilmiy-texnik salohiyatini ko`tarishda muhim rol o`ynamoqda. Hozirgi kunda mamlakat eng yirik kompaniyalarining xorijiy mamlakatlardagi ishlab chiqarishi umumiy ishlab chiqarishning 50 %ini tashkil etadi. Eksport kvotasida savdo hajmi esa 50 %dan oshmoqda (masalan, “Sen-Goben Pont- a-Musson”, “Peshine-Yujin-Kolman” kompaniyalarini eksport kvotasida savdo hajmi 53 %, “Pejo” 55 %, “Sitroen” 51 %, “Kompani Fransez de petrol” 58 %ni tashkil etmoqda). XX asrning 70-yillaridayoq Frantsiyaning TMKlari jahon bozorlarida hatto AQSH kompaniyalari bilan ham raqobatlasha oladigan yirik uyushmalarga aylanib qolgan edi. Ana shu yillarda Еvropaning 20 ta eng yirik kompaniyasi 4 tasi Frantsiyaga tegishli bo`lgan. Mamlakatda biznes gigantlarining rivojlanish jarayoni o`ziga xos xususiyatga ega. 50-yillardan so`ng Frantsiya kapital qo`yilmalarining asosiy sohasi G`arbiy Еvropa mamlakatlari bo`lib, mamlakat to`g`ridan – to`g`ri yo`naltirilgan investitsiyalarining ѕ qismi ushbu mamlakatlar hisobiga to`g`ri kelgan. 70-yillardan so`ng esa Frantsiya TMKlarining AQSH va Kanada bozorlariga ommaviy kirib kelishi kuzatilgan. Xullas, mamlakatning ishbilarmon doiralari sanoati rivojlangan davlatlarga kapital qo`yishga qiziqishlari tasodifiy bo`lmagan. Chunki sanoati rivojlangan davlatlarda zamonaviy texnika-texnologiyadan foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar mavjud bo`lgan. Bundan tashqari G`arbiy Еvropa davlatlari, shuningdek AQSH va Kanadaning bozorlari Frantsiya kompaniyalarining sanoat mahsulotlarini sotish bozorlari sifatida ahamiyati ham ortib borgan edi. Mamlakatning yirik TMKlari xorijiy mamlakatlarga (Germaniya, Belgiya, Gollandiya, Italiya, Ispaniya, Shvetsariya) investitsiya kiritishga katta e'tibor berishmoqda. Ammo g`arbning sanoati rivojlangan davlatlariga bo`lgan qiziqishning kattaligiga qaramay, tadbirkorlar Afrikada, ayniqsa, “Frank zonasida” faol ishlamoqdalar. Frantsiya kompaniyalari mintaqaviy siyosatining muhim tomonlaridan yana biri Lotin Amerikasida, ayniqsa, Braziliya va Argentinada investitsiyalarning ko`payishidir. Frantsiyaning qariyb barcha yirik kompaniyalari ushbu mintaqada katta va kichik bo`limlardan iborat korxonalariga ega. Ma'lumki, Frantsiyaning TMKlari biznesning yiriklashuviga, kapitalning markazlashuvi va milliy kompaniyalarning globallashuviga katta e'tibor berib kelmoqda. Elektrtexnikasi va elektronika sohasining 46 % ini nazorat qiluvchi kompaniyalar asosan 2 ta yirik kompaniya “Kompani jeneral d-elektrosite” va “Tomson-Brandt” tomonidan boshqarib turiladi. Ushbu kompaniyalarning hamkorligi natijasida vujudga kelgan “Kompani internasyonal nur l-informatik” kompaniyasining xalqaro EHM bozorlariga chiqishi imkonini bermoqda. Avtomobilsozlikda esa “Reno” va “Pejo” kompaniyalari o`rtasidagi kooperatsiya jahon avtomobilsozlik sanoatida ilg`or o`rinlardan biriga chiqish uchun imkon 57 yaratmoqda. Xullas, Frantsiyada davlat TMKning rivojlanishiga yordam beribgina qolmay, bevosita tashqi iqtisodiy ekspansiyada ishtirok etib, mamlakatning tashqi iqtisodiy mavqeini mustahkamlab kelmoqda. Frantsiyaning “Kompani Fransez de Petrol” kompaniyasi yirik nеft kompaniyalaridan biri bo`lib, u 1924 yilda tashkil topdi. Asosiy aktsiyadori davlat (35 %) hisoblanadi. Eng yirik noamerika kompaniyalari ro`yxatida 5- o`rinda turadi. Kompaniya jahonning ko`plab mamlakatlarida o`z bo`limlariga ega. Jahon bozorlarida “Total” guruhi nomi bilan ish yuritadi. “Total” kompaniyasining ish faoliyati doirasiga asosan nеft va nеft mahsulotlarini ishlab chiqarish, tabiiy gaz qazib olish, saqlash, qayta ishlash, tashish, ximiya va ximiyaviy mahsulotlarni, plastmassalarni ishlab chiqarish va boshqalar kiradi. “Total” kompaniyasiga qarashli nеft tashuvchi umumiy yuk sig`imi 3,3 mln. barrel bo`lgan 14 ta yirik suv transporti mavjud. Bu uning dengiz transportiga bo`lgan ehtiyojining 43%ini qondiradi, bundan tashqari nеft quvurlar orqali ham tashiladi. Nеft quvurlarining umumiy uzunligi G`arbiy Еvropa mamlakatlarida 3,9 ming km. ni tashkil etadi. “Total” kompaniyasi 12 ta davlatda joylashgan 22 ta nеftni qayta ishlovchi zavodga ega. Ushbu zavodlarda har kuni 1,5 mln. barrel nеft qayta ishlandi. Frantsiyada ishlab chiqariladigan nеft mahsulotlarining asosiy qismi “Total” kompaniyasi guruhi hisobiga to`g`ri keladi. “Total” kompaniyasi guruhi “Peshine- Yujin-Kolman” kompaniyasi bilan hamkorlikda uran rudasini to`yintirish bo`yicha “Minatom A.S.” hissadorlik jamiyatini tuzgan. Ushbu kompaniya uran xomashyosini asosan Avstriya, Kolumbiya, Frantsiya, Nigeriya, Buyuk Britaniya, Irlandiya va AQSH da qazib oladi. Uran rudasini qazib olish “Minatom” kompaniyasining bo`limi bo`lgan “Sosеme santral de l-uranuie de minere radioaktif” sanoat kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. “Total” kompaniyasi guruhi quyosh energiyasidan foydalanish sohasida ishlaydigan “Sosеte Fransez d-etyud termin ed-enerji soler” kompaniyasining 25 % aktsiyasiga, AQSH ning fotoelektron kameralar ishlab chiqaruvchi “Foton Pauer ink” kompaniyasining 54% aktsiyasiga ham ega. 1976 yilda Frantsiyada “Total koperasyon jyustriel” kompaniyasi tashkil topgan bo`lib, bu kompaniya nеft, nеft mahsulotlarini qazib olish, qayta ishlash, tashish sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi. ITTKI uchun kompaniya yiliga 200 mln. frankdan ortiq mablag` sarflaydi. Frantsiyaning “Pejo” kompaniyasi yirik avtomobilsozlik firmalaridan biri bo`lib, u 1876 yilda tashkil topgan. Ushbu kompaniya avtomobil ishlab chiqarish bo`yicha G`arbiy Еvropa davlatlari ichida birinchi, dunyo mamlakatlari ichida esa 4-o`rinda turadi. Ishlab chiqarish aylanmasining hajmi bo`yicha “Pejo” Frantsiyada 2-o`rinda, G`arbiy Еvropa mamlakatlari ichida esa 5-o`rinda turadi. Kompaniya 500 ta eng yirik noamerika kompaniyasi ro`yxatida 27-o`rinda turadi. Kompaniya 80-yillargacha “Pejo Sitroen” nomi bilan faoliyat ko`rsatgan. “Pejo”ning bosh xoldingi ishlab chiqarish xususiyatlariga ko`ra uchta bo`limga ajratilgan. Birinchi bo`lim (avtomobillar ishlab chiqarish ) uch kompaniyadan iborat bo`lib, “Pejo”, “Sitroen” va “Kraysler Frans” nomlari bilan faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Frantsiyada ishlab chiqariladigan avtomobillarning 59-60 %i ushbu kompaniyalar hissasiga to`g`ri keladi. 58 “Pejo” kompaniyasi Frantsiyadan tashqarida Buyuk Britaniya (asosan “Kraysler”ga tegishli zavodlarda), Ispaniya va Argentinada avtomobillar ishlab chiqaradi. Bundan tashqari “Pejo” kompaniyasi Nigeriya va Malayziyada, JAR va Madagaskarda, Ruminiya va Pertugaliyada, Belgiya, Irlandiya va Avstraliyada, Yangi Zellandiya va Indoneziyada, Tayland, Gana, Keniya va Urugvayda ham o`z avtomobillarini ishlab chiqaruvchi zavodlarga egadir. Ikkinchi bo`lim (po`lat va avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish ) “Asеe utillaj Pejo”, “Krezo-Luar”, “Shеr-Shatiyon”, “Agrenaj e redyukter”, “Sikl Pejo”, “Panxard e Levasef” kompaniyalaridan iborat. Kompaniyaning ushbu guruhlari Frantsiya va Ispaniyada podshipnik va transmissiyalar ishlab chiqaradi. “Sikl Pejo” zavodlari Frantsiyada ishlab chiqariladigan barcha velosiped va mopedlarning 37 %ni beradi. “Sikl Pejo” ning korxonalari Ispaniya, JAR, Marokash, Braziliyada joylashgan. Har bir mahsulot “Panxard e Levaseor” tomonidan ishlab chiqariladi. Uchinchi bo`lim (transport bo`limi) JEFSO kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Ushbu kompaniya asosan avtomobillarni temir yo`l transporti orqali tashish ishlari bilan shug`ullanadi. Kompaniya o`z moliya va bank kompaniyalari, sug`urta jamiyatlariga ega. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 50-52 %i eksport qilinadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 50%i xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilib, uning asosiy aktsiyadorlari “Solеte Fonsеr finansеr e de partisipasyon”, “La Fansez de Partisipasyon finonsеr e Pejo Frer” (37 % aktsiyaga ega), “Kraysler” (15 % aktsiyaga ega), “Mishlen” (9 % aktsiyaga ega) kompaniyalari hisoblanadi. Frantsiyaning “Kompani jeneral dе eliktrisiti S.A.” – KJE kompaniyasi elektr- texnika tovarlarni ishlab chiqaruvchi yirik transmilliy kompaniyalardan biri bo`lib, 1899 yilda tashkil topdi. Kompaniya Frantsiyaning sanoat firmalari ichida elektr- texnika tovarlarini ishlab chiqarish darajasi bo`yicha 5-6 o`rinlarda tursa, 500 dan ortiq yirik noamerika kompaniyalari ichida esa 31-32 o`rinlardan birida turadi. Kompaniya kompyuter va axborot vositalarini ishga tushirish, konstruktor- ixtirochilik sohalari bilan, telekommunikatsiya va aloqa tizimini takomillashtirish, elektr-texnika va radio tovarlarini ishlab chiqarish ishlari bilan shug`ullanadi. KJE ulgurji savdoda bank ishlari bilan (“Elektrobank” orqali) ham shug`ullanadi. Kompaniya elektrotexnik tovarlarni ishlab chiqarish bo`yicha Frantsiyada oldingi o`rinlardan birida turgan. 50-yillardan boshlab esa kompaniya sanoat va harbiy ahamiyatga ega bo`lgan elektr-texnik va telefon apparatlarini, maishiy elektr tovarlarni ishlab chiqara boshlagan. 1976 yilda kompaniya mamlakatdagi yirik qurilish firmalaridan biri bo`lgan “Sosеte jeneral d antrepriz”ni bankrotga uchratib, uni aktsiyalarini qo`lga kiritdi. G`arbiy Еvropa, Osiyo va Afrika mamlakatlarida, shuningdek Shimoliy Amerikada tashqi savdoda ekspansiya siyosatini olib bordi. 60-yillarning oxirlariga kelib esa kompaniya to`liq zamonaviy elektr-texnik asbob-uskunalar bilan qayta ta'minlandi. Hozirgi kunda KJE kompaniyasi harbiy ahamiyatga ega bo`lgan elektr texnika sohasiga oid asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va telekommunikatsiya tizimini rivojlantirish va yanada takomillashtirish ishlariga e'tibor qaratmoqda. “Alston Atlantik” va “Xaniuell-Byull” kontsernlari kompaniyaning yirik filiallari hisoblanadi. Kompaniya tomonidan sotilayotgan tovarlarning 1G`3 qismi xorijiy mamlakatlarda faoliyat ko`rsatayotgan filiallar ulushiga to`g`ri keladi. “KJE” kompaniyasining 59 asosiy aktsionerlaridan biri “Grup de la Kess Depo” hisoblanadi (kompaniyaning 5- 6% kapitaliga egalik qiladi) Frantsiyaning “Mishlen” xolding kompaniyasi jahon mamlakatlari ichida shina va rezina texnika buyumlarini ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya 1893 yilda tashkil topgan bo`lib, jahon bozorlariga asosan shina va rezina texnika buyumlari еtkazib turgan. Dunyo mamlakatlarida avtomobilsozlik sanoat korxonalarining katta tezlikda rivojlanib borishi munosabati bilan kompaniya o`z mahsulotlarini nafaqat Frantsiya bozorlariga, balki butun G`arbiy Еvropa bozorlariga ham chiqarib turgan. Shina va rezina texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish ustida doimiy ilmiy-tadqiqot, novatorlik ishlarini olib borishi “Mishlen” kompaniyasi tovarlarining AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlarining ichki bozorlariga ham kirib borishi imkonini bergan. 70-yillarning o`rtalarida “Mishlen” kompaniyasi jahon mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan radial shina mahsulotlarining 50-55 %ni bera boshlagan. Hozirgi kunda kompaniya jahon bozorlariga asosan shina ballonlarni chiqaruvchi TMKlardan biri bo`lib, еngil va yuk mashinalari, qishloq xo`jaligi traktorlari va yo`l-qurilish mashinalari, velosiped va mototsikllar uchun, shuningdek turli texnik sohalarga muljallangan rezina texnika buyumlarini ishlab chiqarmoqda. “Mishlen” Afrika va Janubiy Sharqiy Osiyodagi yirik kauchuk plantatsiyalariga, 3ta yirik sintetik kauchuk ishlab chiqaruvchi zavodlarga (Frantsiyada) egalik qilib, po`lat simli radial shinalarni ishlab chiqarmoqda. “Mishlen” xolding-kompaniya bo`lib, ko`p tarmoqli ishlab chiqarish filiallariga ega. Kompaniyaning asosiy aktsionerlari oilaviy shajaralar boshlig`i F. Mishlen va F. Rolle, shuningdek “Sosеte Okzilierde Jeston” kompaniyasi hisoblanadi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling