O`zbеkistan rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti
Buyuk Britaniya iqtisodiyotida transmilliy kompaniyalarning tutgan o`rni
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti
7.3. Buyuk Britaniya iqtisodiyotida transmilliy kompaniyalarning tutgan o`rni Angliya Transmilliy kompaniyalari uzoq tarixiy davrlarni o`z boshidan kechirgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buyuk Britaniyada qaram davlatlar va mustamlakalarga kapital olib chiqish keng rivojlandi. 1893 yilda xorijiy mamlakatlarda joylashtirilgan Angliya kapitali Buyuk Britaniya Birlashgan qirolligining barcha boyliklarini 15 %ni tashkil qilgan. Xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi tadbirkorlik kapitali shaklida amalga oshirilgan. Shuning uchun ham mamlakatning yirik monopollari tashkil topgan paytdan boshlaboq, xalqaro kompaniyalar sifatida faoliyat yurita boshlagan. Ikkinchi jahon urushidan so`nggi yillarda ham bu mamlakat jahondagi eng yirik kapital eksport qiluvchi davlatlardan biri bo`lib qolavergan. Xorijiy mamlakatlarda kapital eksporti natijasida uning TMK nazorati ostida bo`lgan yirik ishlab chiqarish tizimi tashkil topdi. Angliyaning xorijiy mamlakatlardagi filiallari mahsulotlari mamlakat YaMM ga nisbatan 55,2% ni, xorijiy ishlab chiqarishning eksportga nisbati esa 261,3%ni tashkil etgan. Bu davrda xorijiy mamlakatlarda Angliya korporatsiyalarining ishlab chiqargan mahsulotlari qiymati Germaniya, Yanponiya va Frantsiyanikidan ham yuqoriroq bo`lgan. Angliya sanoat kapitalining tashqi ekspansiyasida davlatning 10 ta eng yirik korporatsiyasi oldingi o`rinlardan birida turgan. Uning xorijiy mamlakatlardagi eng yirik aktiviga ega bo`lgan korporatsiyalari kimyo va nеft qazib olish, sanoat korxonalari, oziq-ovqat va ichimlik suvi hamda sharbatlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar, tamaki ishlab chiqaruvchi korxonalar shuningdek elektr texnika, umumiy mashinasozlik kompaniyalari hisoblangan. Uning to`g`ridan-to`g`ri yo`naltirilgan investitsiyalari asosan sanoati rivojlangan Еvropa mamlakatlariga qaratilgan edi. Xullas, hozirgi kunda mamlakat kapital qo`yilmalarining 75 %i rivojlangan davlatlarga, 25%i esa rivojlanayotgan davlatlarga to`g`ri keladi. Ma'lumki, tashqi iqtisodiy ekspansiya yirik kapital mablag`larni talab qiladi. Britaniya TMKning ustunlik tomoni shundaki, ular qudratli London banklarining yordamiga tayangan holda faoliyat ko`rsatadi. Angliyaning yirik “katta to`rtlik” banklari (“Barkleyz bank”, “Neshnl vestminster bank”, “Middland bank”, Lloyd bank”) xalqaro krеdit sohasida muhim ahamiyatga egadir. Xalqaro moliya markazlarida joylashgan, yirik resurslarga va keng masshtabda tarqalgan filiallar tizimiga ega bo`lgan ushbu banklar xalqaro ssuda kapitali bozori hisoblangan еvrovalyuta bozorida muhim rol o`ynamoqda. Angliyaning TMKlari kapitalni nafaqat depozit banklardan, balki ixtisoslashgan savdo-investitsiya banklaridan (“bankirlar uyi”), shuningdek nafaqa jamg`armalari va sug`urta kompaniyalaridan ham oladilar. Shuning uchun ham xalqaro TMKlar doimo banklar bilan yaxshi munosabatda bo`ladi. Masalan, “British petroleum” kompaniyasi doimo “Neshnl Vestminster bank” ning mijozi va “Danlon xolding” kompaniyasi doimo “Barkleya bank”ning mijozi hisoblanadi. 69 Britaniya korporatsiyalari xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining muhim omillaridan biri texnika va texnologik jihatdan ustunligidir. Endi mamlakat yirik TMKlarining ba'zilari bilan tanishib chiqamiz. Angliyaning “British petrolium PLK” korporatsiyasi jahonning eng yirik nеft monopollaridan biri bo`lib, u 1909 yilda tashkil topdi. Korporatsiya jahon mamlakatlarining sanoat korporatsiyalari orasida 6- o`rinda, noamerika korporatsiyalari ichida esa 2-o`rinda turadi. Korporatsiya aktsiyalarining 48-49 %i davlatga tegishlidir. “British petrolium” korporatsiyasi xalqaro kartellar tashkilotining a'zosi bo`lib, yiliga 163-165 mln.t. nеft mahsuloti -3,5-4 mlrd. kub m. tabiiy gaz, 17-18 mln. t. ko`mir qazib oladi. Bundan tashqari yiliga 2,5-3 mln. t. siqilgan gaz va shuningdek 114,5 mln. t.ga teng bo`lgan 111 ta tanker va 26 ta davlatda umumiy quvvati 120 mln. t.ga ega bo`lgan 38 ta nеftni qayta ishlash zavodlari ustidan (Angliya, Frantsiya, Germaniyada 4 tadan nеftni qayta ishlash zavodlari ustidan, AQSHda 3 ta zavod ustidan, Kanada va Avstraliyada 2 tadan zavodlar ustidan, Irlandiya, Belgiya, Gollandiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Turkiya, Kipr, Yaman, Sinegal, Burkina-Faso, JAR, Sеrra-Lione, Keniya, Nigeriya, Sudan va boshqa davlatlarda 1 tadan nеftni qayta ishlash zavodlari) ustidan o`z nazoratini o`rnatgan. 90-yillar boshida va hozirgi kunda ham “British petrolium” kompaniyasi mamlakatning kimyo sanoatidagi eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning etilen, propilen, bo`tadien, plastmassalari ishlab chiqaruvchi zavodlari 6 ta xorijiy mamlakatda joylashgan. XX asrning 70-yillaridayoq kompaniyaning ximiya sanoat korxonalari Еvropa Hamjamiyati davlatlari ichida birinchi bo`lib nеft va nеft mahsulotlaridan sintetik mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashdi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling