O`zbеkistan rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti


Italiyaning  davlat  uyushmalari  va  xususiy  monopoliyalari


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/167
Sana09.01.2022
Hajmi1.39 Mb.
#262846
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   167
Bog'liq
xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti

Italiyaning  davlat  uyushmalari  va  xususiy  monopoliyalari.  Italiya 
iqtisodiyotining o`ziga xos xususiyatlaridan biri yuqori darajada ishlab chiqarishning 
kontsentratsiyasidir.  Mamlakat  iqtisodiyotining  barcha  sohalaridagi  kontsernlar 
monopoliya holatida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Xolding tizimidagi sanoatni tiklash 
institiutlari  davlatning  yirik  uyushmalaridan  biri  hisoblanadi.  Sanoatni  tiklash 
istitutlari (IRI) dunyoda yirik o`nlik guruhiga kiruvchi uyushmalaridan biri bo`lib, o`z 
tarkibiga  150  dan  ortiq  turli  sanoat  tarmoqlarini  (kemasozlik  va  kema  remonti,  suv 
transport,  mashinasozlik,  qora  metallurgiya  va  h.k.  tarmoqlarni)    birlashtirgan. 
Sanoatni  tiklash  institutlarining  korxona  va    firmalarida  350  mingga  yaqin  kishi 
mehnat  qilishadi,  ushbu  korxonalarning  yillik  aylanmasi  50  mlrd.  AQSH  doll.dan 
ortiqdir. 
Italiyaning  yirik  Davlat  kompaniyalaridan  biri  nеftgaz  uyushmasi  “ENI”  nеft-
gaz  va  kimyo  sanoati  mahsulotlarini  ishlab  chiqaruvchi  160  dan  ortiq  kompaniyalar 
ustidan  o`z  nazoratini  o`rnatgan.  “ENI”  kompaniyasi  asosan  rivojlanayotgan 
mamlakatlarda  nеft  va  gaz    qazib  olish  ishlari  bilan  shug`ullanib,  unga  tegishli 
bo`lgan  korxonalarda  90  mingdan  ortiq  kishi  mehnat  qiladi.  Kompaniyaning  yillik 
aylanmasi 30 mlrd. AQSH doll.ni tashkil qiladi. 
Italiyaning  mashinasozlik  sanoatida  “Fiat”  yirik  xususiy    kontsernlardan  biri 
bo`lib,  unda  290  mingdan  ortiq  ishchi  va  xizmatchi  mehnat  qiladi.  “Fiat” 
kompaniyasi  80%dan  ortiq  еngil  avtomobillarni  ishlab  chiqaruvchi  100  dan  oriq 
kompaniyalar  ustidan  o`z  nazoratini  o`rnatgan  (1998  yilda  ushbu  kontsern  2,5  mln. 
avtomashina  ishlab  chiqargan  edi).  Kontsern  Еvropa  avtomobil  bozorlarining  13  %i 
ustidan  o`z  nazoratini  o`rnatgan.  1998  yilda  “Fiat”  xususiy  kontsernining  yillik 
daromadi 2,87 trln. lirani tashkil etgan. 
Italiyaning xususiy kontsernlaridan yana biri “Fininvest” bo`lib, yillik aylanmasi 
bo`yicha Italiyada 3-o`rinda turadi (yillik aylanmasi 1998 yilda 7  mlrd.  AQSH doll. 
atrofida  bo`lgan).  Uyushmada  26  mingdan  ortiq  ishchi  va  xizmatchilar  mehnat 
qiladilar. “Fininvest” xususiy kontserni asosan televideniе va nashriyot ishlari bilan, 
biznes reklamasi, televizor va kinofilmlarni ishlab chiqarish, efirga tarqatish, sug`urta 
ishlari bilan shug`ullanadi. 

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling