O’zbekistan respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 287.76 Kb.
|
Adabiyot kurs ishi 3-kurs
O’ZBEKISTAN RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTAN DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI SHARQ FILOLOGIYASI FAKULTETI YAPON TILI NAZARIYASI VA AMALIYOTI KAFEDRASI YAPON ADABIYOTI FANIDAN KURS ISHI FYAP-1906 GURUH TALABASI SAYDULLAYEVA MOHIRA TOSHKENT 2022 REJA:
Asar haqida tushuncha Asarning o’zbek tilidagi tarjimasi Asardagi iboralar So’zlarni badiiy jihatdan muqobilini tanlash Xulosa “Kokoro” asari zamonaviy yapon adabiyotining eng muhim asarlaridan biri hisoblanadi. Uning muallifi Natsume Soseki zamonaviy yapon adabiyotining asoschilaridan biri hisoblanadi. Natsume Sosekining yapon adabiyotida tutgan o’rni benihoya kattadir. Romanning nomi "yurak" deb tarjima qilingan bo'lsa-da, yaponcha Kokoro so'zi bir nechta ma'nolarni o'z ichiga oladi va to'liq "his-tuyg'u va fikrlash yuragi"deb tarjima qilinadi. Asar1914 yil aprel-avgust oylarida" Asahi simbun " da chop etilgan va jurnalda asar "yurak"deb nomlangan. Asar 1914 yilda yozilgan bo'lsa-da, uning harakati ikki yil avval Yaponiyada bo'lib o'tadi. Roman uch qismga bo'lingan. Birinchi qismda o'qituvchi va men, asosiy xarakter, oddiy talaba, uning nomidan hikoya qilinadi va o'qituvchi bilan do'stlashadi. Ustoz-romanning asosiy figurasi-bizning oldimizda juda sirli shaxs bo'lib ko'rinadi. O'quvchi o'zining g'ayritabiiy xatti-harakati va uning dunyoqarashi va odamlarga bo'lgan munosabati uning o'tmishdagi ba'zi voqealaridan ta'sirlanganini tushunadi. Lekin o'qituvchining sirlari hikoya qiluvchi tomonidan faqat ishning oxirida ma'lum bo'ladi. Ikkinchi qism, ota-onalar va men, asosiy xarakterning uyga, qishloqqa, otasiga qaytib kelishi haqida hikoya qiladi, uning sog'lig'i har kuni yomonlashadi. Otasi allaqachon o'lim to'shagida yotganida, o'qituvchidan katta va juda bezovta qiluvchi xat keladi. Maktubning mazmuni romanning uchinchi qismidir, o'qituvchining maktubi. Unda o'qituvchi uning o'tmishi haqida gapiradi: o'qituvchining ota-onasi vafot etgandan keyin mol-mulkiga qaraydigan amakisi bilan bo'lgan munosabati haqida; Tokiodagi talabalar hayoti haqida. Ustoz tatami xonasidan chiqib kulib yubordi. -Yana kelibsan-a , deb aytdi. -Ha, keldim, deb o’zim ham kuldim. Bu gapni menga boshqa bir inson aytsa, asabiylashgan bo’lar edim deb o’ylayman. Lekin ustoz bu gapni aytganida buning aksi bo’ldi. Asabiylashishning o’rniga juda ham quvondim. -Men yolg’iz insonman, deb ustoz o’sha oqshom yana so’zlarini takrorladi: Men yolg’iz insonman-u, balki sen ham yolg’iz insondirsan. Men yolg’iz bo’lsamda yoshim o’tib qolganligi sababli harakatlana olmayman. Lekin sen yosh bo’lganing uchun bunday bo’lmasliging turgan gap. Imkon qadar ko’proq harakat qilishni xohlaysan. Harakatlanib biror nimaga to’qnashmoqchi emasmisan? -Men aslo yolg’iz inson emasman. -Yoshlikdagidek yolg’izlik yo’q. Unday bo’lsa nega tez-tez mening uyimga kelasan ? Bu yerda ham o’sha so’zlar yana ustozning og’zidan takrorlandi. -Sen meni uchratgan bo’lsangda, hamon yolg’izlik hissiyoti qayerdadir bor emasmi? Menda sen uchun bu yolg’izlikni ildizidan sug’urib berishgagina kuchim yo’qligi sababdir. Sen tashqari tomonga yuzma-yuz bo’lib, hozirga qo’lingni ochishing kerak. Bundan buyon mening uyim tomonga qadam bosmaydigan bo’l, deb ustoz miyig’ida kulib qo’ydi. IBORALAR
今に私の宅の方へは足が向かなくなります Yuqorida berilgan gapni yapon tilidan o'zbek tiliga so'zma-so'z tarjima qiladigan bo'lsak, quyidagi talqinda bo’ladi: Hozirdan mening uyimning tomoniga oyog’ingni bosmaydigan bo’l. Men esa ushbu keltirilgan gapni boshqacha talqinda tarjima qildim. Chunki o’quvchiga biroz tushunarli va badiiylikni o’zida saqlab qolishini istadim. Bundan buyon mening uyim tomonga qadam bosmaydigan bo’l. Agar tarjimon asarni so’zma-so’z tarjima qiladigan bo’lsa, ba’zan shunday holatlarga duch kelishi mumkin. Bu esa yozuvchining yozgan asaridagi ma’noni o’zgartirib yuborishi hech gap emas. Shu sababdan ham tarjimon o’zining tajribasidan kelib chiqqan holda , yozuvchining o’quvchiga nimani yetkazishni xohlaganini tushunib, tarjima qilishi kerak. Aks holda, asarning badiiyligiga ham putr yetkazadi. Shuning uchun men ushbu gapni tarjima qilganda, o’zimdan biroz badiiylikni qo’shdim. Yana bir shunday holatni keyingi gapda ham uchratishimiz mumkin. 私にはあなたのためにそのさびしさをねもとから引きぬいて上げるだけのちからがないんだから。 Men esa bu parchani yana so’zma-so’z emas, balki ma’no jihatidan quyidagi talqinda tarjima qildim: Menda sen uchun bu yolg’izlikni ildizidan sug’urib berishgagina kuchim yo’qligi sababdir. Biror bir asarni tarjima qilayotganimizda, bunday misollardan tarjima jarayonida talaygina uchratishimiz mumkin. Shu sababdan ham tajimon o’z ishining mohir ustasi bo’lishi darkordir. Zero, asarning muallifi bu asarni yozish davomida juda ko’p izlangan va bu adabiy me’rosga biz tarjima jarayonida putr yetkazmasligimiz darkor. So’zlarni badiiy jihatdan muqobilini tanlash Asarni tarjima qilar ekanman, so’zlarni muqobilini tanlashga xarakat qildim. Bu jarayon asarning nomlanishi, “こころ” so’zinidayoq boshlandi. Ushbu “kokoro” so’zini o’zbek tiliga tarjima qiladigan bo’lsak, uning turli xil tarjimasi bor. Masalan, qalb, yurak, tana a’zosi-yurak. Men bu asarga “Qalb” deb nom berishni maqbul deb hisobladim. Buning uchun avvalambor, asarni boshdan oyoq o’qib chiqdim va undagi ma’noni tushunishga harakat qildim. Agar unga “yurak” deb nom berganimda edi, asar xuddiki, insonning tana a’zosi bo’lmish yurak haqida yozilgan degan tushuncha paydo bo’lgan bo’lar edi. Shu sababdan ham men unga “qalb” degan tarjimani tanladim. Bu asarni tarjima qilish jarayonida juda ham ko’p o’ylangan va izlangan so’zim : 座敷(ざしき)-zashiki. Bu so’z yaponlarga xos bo'lgan xonani anglatadi. Bu xonada yaponlar odatiy kunlarida o’tiradilar. Men bu xonani o’zbeklarniki bilan solishtirganimda “tapchan” degan qarorga keldim. Bizda ham o’zbeklar odatiy kunlarida o’tiradilar. Tapchanlarni biz shahar joylarda kamdan-kam xolatda uchratamiz. Ularni asosan, qishloq joylarda ko’rishimiz mumkin. Shu sababdan men o’quvchiga yanada tushunarli bo’lishi uchun bu so’zni “tapchan” deb emas, “tatami” deb tarjima qilishga qaror qildim. XULOSA
Tarjima jarayonida yutuqqa erishish uchun tarjimondan faqatgina tilni bilish darajasi emas, badiiylik va katta so’z boyligi ham talab qilinadi. Buning uchun albatta turli xil mavzudagi: badiiy, dedektiv, romantik, ilmiy kitoblardan ko’p o’qish kerak. Tarjima qilayotgan asaringizni boshqa tillardagi tarjimalari bilan ham tanishib chiqish foydadan holi bo’lmaydi Yapon adabiyoti keng va didaktikaga boy. Lekin afsuski, bugungi kunda o’zbek kitobxonlari yapon adabiyotidan ko’p xabardor emas. Chunki ushbu sohada tarjimalar barmoq bilan sanoqli. Shuning uchun ham ushbu sohani rivojlantirish uchun o’z ustimda ishlab, o’zbek kitobxonlariga foydam tekib qolishidan umidvorman. Download 287.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling