Tahrirchi Sinov Vazifasi Ma’lumot


Download 41.27 Kb.
bet1/7
Sana25.01.2023
Hajmi41.27 Kb.
#1120428
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tahrirchi Sinov Vazifasi


Tahrirchi Sinov Vazifasi

Ma’lumot: Ushbu sinov vazifasi sizning umumiy tilshunoslik va o‘zbek tili morfologiyasi va sintaksisi borasidagi bilimlaringizni tekshiradi. Bu bilan birga tilshunoslikdagi terminlarning ko‘pini ingliz tilidagi muqobilini bilishni talab qiladi (misol uchun, ot bu noun, fe’l bu verb). Muvaffaqiyatli bajarish uchun siz ingliz tilida minimum B2 darajasiga ega bo‘lishingiz tavsiya etiladi.

Minimal talablar:
Birinchi qismni bajarish
Ikkinchi qismdan ikkita savolga javob berish

Muddat: 3- 4 kun

Birinchi qism. Umumiy tilshunoslik

  1. Gapdagi so‘z tartibi (word-order) nima? Ingliz tilidagi so‘z tartibi qanday? Rus tilida-chi?

  2. Kopula (copula) nima? O‘zbek tilida u qanday namoyon bo‘ladi?

  3. Artikl (article) nima? O‘zbek tilida u bormi? Rus tilida-chi?

  4. O‘timli va o‘timsiz fe’llar nima? O‘zbek tilida ular qanday bo‘ladi? O‘timli fe’l yanada “o‘timli” bo‘lishi mumkinmi? Qanday qilib?

  5. Predikat (predicate) nima? O‘zbek va ingliz tilida ular qanday bo‘ladi?


Ikkinchi qism. O‘zbek tili morfologiyasi va sintaksisi

  1. “Boshqarayotganligini” degan so‘zning morfologik tahlilini bajaring.

  2. +ki qo‘shimchasining vazifalarini keltirib bering

  3. +siz qo‘shimchasi (tuzsiz, pulsiz) qaysi so‘z turkumi hosil qiladi?

  4. +dir qo‘shimchasining vazifalari nima?

  5. “Devor bo‘yog‘i” va “devorning bo‘yog‘i”. Ushbu birikmalarning orasida farq bormi? Qaysi lingvistik jarayon bu yerda muhim rol o‘ynaydi?


Bonus

  1. Unlilar uyg‘unligi (vowel harmony) nima? O‘zbek tilida u mavjudmi?

  2. Kelishikdagi ot bilan ko‘makchilarning farqi nima?

  3. Misol: “tarafidan” so‘zi ham chiqish (ablative) kelishigidagi ot, ham ko‘makchi (adposition) bo‘lib kelishi mumkin. Boshqa kelishikda kelsa u ko‘makchi bo‘la oladimi?

  4. O‘zbek tilida takrorlanish (reduplication) qachon uchraydi?



Download 41.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling