Tahrirchi Sinov Vazifasi Ma’lumot


 Oʻzbek tilida takrorlanish (reduplication


Download 41.27 Kb.
bet7/7
Sana25.01.2023
Hajmi41.27 Kb.
#1120428
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tahrirchi Sinov Vazifasi

4. Oʻzbek tilida takrorlanish (reduplication) asosan soʻz yasalishida namoyon boʻladi. Takrorlar asosni yoki butun soʻzni takrorlash yoʻli bilan hosil qilinadi.
Reduplikatsiya soʻzga davomiylik, takrorlanish maʼnolarini yuklaydi. Takrorlanishning toʻliq va notoʻliq shakllari mavjud:
1. Toʻliq takror: “leksema + ayni shu leksema” qolipida boʻladi. Yaʼni soʻzning oʻzi aynan takrorlanadi. Toʻliq takror hodisasi ravishlarda yaxshi shakllangan boʻlib, ravishning oʻzi takrorlanadi: oz-oz, koʻp-koʻp, asta-asta, sekin-sekin, zoʻrgʻa-zoʻrgʻa, tez-tez kabi; 2) ravishdosh shakli takrorlanadi: a) -a ravishdoshi shaklida: qayta-qayta, bora-bora kabi; b) -b ravishdoshi shaklida: borib-borib, turib-turib kabi.
Taqlid soʻzlar ham asosan takror yoʻli bilan hosil qilinadi: dagʻ-dagʻ, dir-dir, lip-lip, milt-milt, bidir-bidir, jivir-jivir, dikang-dikang, biqir-biqir, dukur-dukur, doʻqir-doʻqir, hoʻngir-hoʻngir kabi kabi. Baʼzan uch takror ham uchraydi: xa-xa-xa, qu-qu-qu, gʻit-gʻit-gʻit kabi.
2. Toʻliqsiz takrorlardan esa belgining kuchli darajada ekanligini ifodalashda foydalaniladi. Bunda soʻzning birinchi boʻgʻini yoki asosi takrorlanadi. Toʻliqsiz takrorlarda tovush oʻzgarishi hodisalari kuzatiladi: dumaloq ® dum-dumaloq, butun — but-butun kabi.
sifat leksemaning ochiq boʻgʻinga teng bosh qismi olinib, unga m, p tovushini qoʻshib yopiq boʻgʻinga aylantiriladi va shu sifat leksemaning oldiga qoʻshiladi: koʻk ® koʻm-koʻk.
Donalik sonni takrorlab, keyin -dan affiksini qoʻshib: ikkita-ikkitadan kabi; baʼzan -dan affiksi har ikki dona songa qoʻshiladi: ikkitadan-ikkitadan kabi.
Oraga -ma/ba- qoʻshib takrorlanadi: yakkama-yakka, ketma-ket, navbatma-navbat, yuzma-yuz, zinhor-bazinhor kabi.
Sifatdosh boʻlishli, boʻlishsiz shaklda takrorlanadi: koʻrar-koʻrmas, bilinar-bilinmas kabi va hokazolar…
Download 41.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling