Tahrirchi Sinov Vazifasi Ma’lumot


Download 41.27 Kb.
bet2/7
Sana25.01.2023
Hajmi41.27 Kb.
#1120428
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tahrirchi Sinov Vazifasi

Topshirish tartibi: Shu faylni o‘zingizga ko‘chirib uning o‘zida javoblarni yozishingiz mumkin. Faylning o‘zini yoki unga qaratilgan havolani keyinchalik Telegramda jo‘natsangiz bo‘ladi.

Savollar: Savollaringiz bo‘lsa Telegramdan murojaat qilishingiz mumkin. E’tiboringiz uchun rahmat.

Javoblar:
Birinchi qism
1. Gapda soʻz tartibi deb gap boʻlaklarining oʻzaro maʼno-munosabatga kirishuvida maʼlum oʻrinda (ketma-ketlikda) joylashuviga aytiladi. Har bir tilda gapning qatʼiy qurilish strukturasi mavjud.
Oʻzbek tilida gap boʻlaklari quyidagi tartibda joylashadi:

Eʼtibor qaratish muhim boʻlgan yana bir jihat shuki, oʻzbek tilida mantiqiy urgʻu (gap urgʻusi) qaratilgan boʻlak kesimdan oldin keladi.
Men uyga kecha keldim. (Sen uyga qachon kelding?)
Men kecha uyga keldim. (Sen kecha qayerga kelding?)
Oʻzbek tilida gap boʻlaklarininng oʻzgargan tartibi ham mavjud. Oʻzgargan tartib (inversiya), asosan, badiiy asarlarda (koʻproq sheʼriyatda)1, ogʻzaki nutqda (soʻzlashuv uslubida)2 uchraydi:
1. O, ota makonim,
Onajon oʻlkam,
Oʻzbekiston, jonim toʻshay soyangga.
2. Qaytaman ertaga uyga.
Rus tilida esa gapda soʻz tartibi quyidagicha:
EGA + KESIM + OBJECT (oʻzbek tilidagi toʻldiruvchiga toʻgʻri keladi)
— Я читаю книгу.
Shuningdek, ikkita kesim ishtirok etganda, bittasini qoʻllash jarayonida:
KESIM + EGA + IKKINCHI DARAJALI BOʻLAK (norasmiy jarayonlarda)
Читаю я книгу и вдруг…
Oʻzbek tilidagi ikkinchi darajali boʻlak — hol vazifasini bajaruvchi soʻzlar (ing. prepositional phrases), jumladan, qachon? Soʻrogʻiga javob boʻluvchi soʻzlar gap boshida ham, oʻrtasida ham kelishi mumkin. Bunda maʼnoda biroz farq yuzaga keladi. Masalan:
Сегодня я читаю книгу. — Bugun men kitob oʻqiyman. (Bu gap “Sen bugun nima qilasan?” soʻrogʻiga javob boʻladi)
Я читаю книгу сегодня. — Men kitobni bugun oʻqiyman. (Bu gap esa “Sen kitobni qachon oʻqiysan?” soʻrogʻiga javob boʻladi)
Qayer (-da, -ga, -dan)? soʻrogʻiga javob boʻluvchi soʻzlar rus tilida gap oxirida joylashadi:
• Я читаю книгу дома. — Men kitobni uyda oʻqiyman.
Qay holatda?, qanday qilib? soʻrogʻiga javob boʻluvchi soʻzlar gapda egadan keyin yoki kesimdan keyin keladi. Masalan:
1. Я увлеченно читаю книгу.
2. Я читаю книгу увлеченно.
Har ikkala qoʻllanilish ham toʻgʻri boʻlishiga qaramasdan, birinchi shaklni qoʻllagan maʼqul.

Download 41.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling