Tahrirchi Sinov Vazifasi Ma’lumot


Download 41.27 Kb.
bet5/7
Sana25.01.2023
Hajmi41.27 Kb.
#1120428
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tahrirchi Sinov Vazifasi

5. Predikat — bu gapdagi ish-harakatni ifodalovchi soʻzlarning grammatik atamasi. Predikat oʻzbek tilida kesim vazifasini bajaruvchi va unga bogʻlanuvchi soʻzlar, iboralar, birikmalarni ifodalaydi.
Predikatlarning bir nechta turi farqlanadi:
Oddiy predikatlar feʼl va feʼlli birikmalarni oʻz ichiga oladi. Masalan, Onam bozorga ketdi. Ketdi — oddiy predikat.
Yuqoridagi misoldan foydalanib, “ketdi” oddiy predikatdir, ammo “bozorga ketdi” iborasi toʻliq predikat hisoblanadi.
Murakkab predikat oʻzbek tilidagi uyushiq kesimga toʻgʻri keladi.
Umuman predikat deb kesim bilan birikkan boshqa boʻlaklarni ham olish mumkin. Bunday predikat toʻliq (kengaygan) predikat hisoblanadi:
Bolalar muzeyga seshanba kuni borishga kelishishdi.
Bolalardan soʻzidan tashqari barcha boʻlaklar toʻliq predikatni tashkil qiladi.
Ikkinchi qism.
1. Boshqarayotganligini — 1) feʼl; 2) harakat feʼli; 3) aniq/oʻzlik nisbatda, hozirgi zamon sifatdoshi; 4) sodda feʼl; 5) toʻldiruvchi.
*Boshqarayotganligini soʻzidagi -lik qoʻshimchasi soʻz yasovchi emas, substantiv shakl yasovchi qoʻshimcha sifatida olindi.
2. -ki qoʻshimchasi unumli yasovchi hisoblanadi:

  1. -ki I: turtki, tеpki, koʻchki (оt yasоvchi).

  2. -ki II: ichki, kеchki, ustki (sifat yasaydi).

Feʼl va taqlid soʻzlarga qoʻshilib, asоsdan anglashilgan harakatni bajarishga mоyillikning kuchliligini bildiruvchi sifat yasaydi: shartaki, yigʻlоqi.
Yordamchi soʻzlarning qoʻshimchasimon bogʻlovchi (aniqlov bogʻlovchisi, yakka holatda qoʻllaniladi, ergashtiruv bogʻlovchisi) turiga kiradi.
Shuningdek, kuchaytiruv-taʼkid yuklamasi vazifasini ham bajaradi.
3. -siz qoʻshimchasi soʻz yasovchi qoʻshimcha hisoblanadi: ot, ravish, -v qoʻshimchali harakat nomlaridan ravish yasaydi: hisobsiz, toʻxtovsiz, omonsiz.

  • Shuningdek, yasash asosi bilan bogʻliq ravishda, xususiyat, holat kabi xilma-xil maʼnolarni bildiruvchi sifat yasaydi:

  • yasash asosidan anglashilgan narsaga ega emaslikni, uning yoʻqligini bildiruvchi: suv-siz, ish-siz, pul-siz.

  • yasash asosi anglatgan narsa, holat kabilarning kamligi, yetarli emasligini bildiradi: tuz-siz, kuch-siz, tajriba-siz.

  • yasash asosidan anglashilgan narsa-buyum belgisi, holat, xususiyat kabilarning koʻpligi, ortiqligi: chek-siz, had-hisobsiz.

  • shaxs yoki narsaning salbiy xususiyatini: shafqatsiz, axloqsiz.

Baʼzan bu qoʻshimcha be-, no- old qoʻshimchalari bilan sinonim boʻladi: tartibsiz — betartib; umidsiz — noumid.
Shubhasiz, soʻzsiz modal soʻzlarining kelib chiqishi sifat boʻlishiga qaramasdan, ular bugungi kunda asosi bilan birikib qismlarga ajralmaydigan holga kelgan.
2. 2-shaxs birlik, hurmat maʼnosida qoʻllaniluvchi shaxs-son qoʻshimchasi hisoblanadi: Siz ayolsiz, onasiz!
4. -dir —

  1. Qoʻshimcha shaklidagi yordamchi soʻz, yuklama;

  2. Orttirma nisbat qoʻshimchasi (feʼllardagi lugʻaviy shakl yasovchi);

  3. Bu qoʻshimcha orttirma nisbatni yasaganda bir boʻgʻinli leksemalarga jarangli tovushdan keyin -dir shaklida, jarangsiz tovushdan keyin -tir shaklida qoʻshiladi: yozdir-, toptir- kabi.

  4. Soʻroq olmoshlari oxiriga -dir gumon yuklama-affiksini qoʻshib gumon olmoshlari hosil qilinadi:

  5. a) ot soʻroq olmoshiga: kimdir, nimadir,

  6. b) sifat soʻroq olmoshiga: qandaydir, qay sidir,

  7. d) son soʻroq olmoshiga: qanchadir, nechanchidir;

e) ravish soʻroq ol moshiga: qachondir, negadir, nimagadir kabi.
5. Devor boʻyogʻi va devorning boʻyogʻi birikmalarida ham grammatik, ham lugʻaviy farqlarni uchratish mumkin. Grammatik farqni quyidagi gap asosida koʻrishimiz mumkin:
Devorning boʻyogʻiga alohida eʼtibor qaratish lozim. (Qaratqich kelishigi belgili qoʻllangan)
Devor boʻyogʻiga alohida eʼtibor qaratish lozim. (Qaratqich kelishigi qoʻllanmagan. Soʻz birikmasining bitishuv munosabati vositasida birikma hosil qilingan)
Lugʻaviy farqni quyidagi gap vositasida koʻrishimiz mumkin:
Devorning boʻyogʻi eskiribdi. (Devorga tegishli boʻyoq)
Doʻkonda devor boʻyogʻi qolmabdi. (Devor uchun boʻyoq)

Download 41.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling