O’zbekistan respublikasi
Download 0.67 Mb.
|
Tafakkur ko’chasi. Bu yerda har bir guruh “O’zbekiston davlat va huquqi asoslari” kursi doirasidagi istalgan mavzu yuzasidan ko’rsatmali qurol, jadval yoki tarh tayyorlash kerak bo’ladi.
Mahorat ko’chasi. Bu yerda har bir guruh, huquqiy mavzudagi she’r, qo’shiq ijro etib berishlari kerak (mazkur shartda axloqiy mavzudagi, xususan, adolat, haqiqat, odillik, vatanparvarlik, insonparvarlik, diyonat, vijdon kabi tuyg’ular haqidagi badiiy asar namunalaridan ham foydalanish mumkin). Rolli o’yinlar asosida tashkil etilgan bellashuvlar maktab o’quvchilarining alohida e’tiborini qozondi. Bellashuv yakunida o’tkazilgan so’rovlarda ular bu tarzdagi ko’riklar huquqiy bilimlarini oshirish, ularni o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini orttirayotganligini ta’kidlab o’tdilar. Tomoshabin sifatida ishtirok etgan o’quvchilar ana shunday bellashuvlarda qatnashish istagida ekanliklarini bildirdilar. Sinfdan va maktabdan tashqarida tashkil etiluvchi huquqiy ta’lim-tarbiya shakllaridan yana biri – “Qonun va yoshlar” nomli devoriy gazetani doimiy ravishda chiqarib borish bo’ldi, u har oyda ikki marta muntazam ravishda chiqarilib turildi. Uning sahifalarida Respublika ijtimoiy-huquqiy hayotida ro’y berayoggan voqyelik, qabul qilinayotgan Qonun, qarorlar hamda Prezident farmonlarining mazmun va tafsilotlari keng yoritib borildi. Shuningdek, maktab Ustavi va ichki tartib - qoidalarini buzgan o’quvchilarnnng xatti-harakati, unga nisbatan jamoaning fikri hamda “Maktab o’rtoqlik sudi” jarayonidan tayyorlangan reportajlar keng o’rin oldi. Devoriy gazetaning chiqarilishida “Yosh huquqshunos” to’garagining barcha a’zolari faol ishtirok etdilar. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, darsdan tashqari huquqiy tarbiya ishlari o’quvchilarning bo’sh vaqtlaridagi faoliyati bo’lib, barcha o’quvchilar uchun majburny emas. Shunday bo’lsada ijtimoiy-huquqiy munosabatlar chog’ida yuzaga kelayotgan ziddiyatlar hamda xatoliklarning oldini olish maqsadida o’quvchilarni huquqiy tadbirlar jarayoniga keng ko’lamda jalb etish pedagogika nazariyasi hamda voyaga yetmagan yoshlar huquqbuzarliklarining oldini olshiga qaratilgan huquqiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida bevosita qatnashish, xilma-xil huquqiy vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish, ularning ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga nisbatan nomatlub xatti-harakatlarini tahlil etish imkonini beradi. Natijada o’quvchilar o’z xulk-atvoriga munosib baho bera olish ko’nikmalari, shuningdek, mustahkam e’tiqod tuyg’usiga ega bo’ladilar. Darsda egallangan nazariy bilimlar darsdan tashqari amaliy tadbirlarda o’z aksini topsa huquqiy tarbiya ish samaradorligi ta’minlanadi va u yanada oshadi. Darsdan tashqarida o’tkaziladigan huquqiy tadbirlar o’z xususiyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: a) nazariy bilimlarni mustahkamlovchi huquqiy mazmundagi tadbirlar - suhbatlar, uchrashuvlar, to’garak mashg’uloti, “Hayot va qonun”, “Qonun himoyasi” kabi jurnallar. “Adolat”, “Qonun va hayot” gazetalari materiallarini o’rganish va tahlil etish va boshqalar. b) amaliy-huquqiy faoliyatni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar “Maktab o’rtoqlik sudi”, huquqiy vaziyatlarni hal qilishga yo’naltirilgan mashqlar, “Qonun va yoshlar” devoriy gazetasini chiqarishni yo’lga qo’yish, “Alolat o’lkasiga sayohat” nomli o’yin va hokazolar; v) ijtimoiy-huquqiy voqyelik va uning mohiyatini tushunishga yordam beruvchi huquqiy-mantiqiy mazmundagi tadbirlar - ular qatoriga “Huquq va ijtimoiy hayot” o’quvchilar ilmiy jamiyati faoliyati, seminarlar, konferensiyalar, bahs-munozaralarni tashkil etish va boshqa tadbirlar kiradi. Huquqiy tadbirlar shaklan turlicha bo’lsada, ularning barchasi o’z mazmuniga ko’ra yagona maqsad sari yo’naltirilgan, ya’ni, ular o’quvchilarning huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish, kengaytirish, egallangan nazariy-huquqiy bilimlaridan amaliyotda mustaqil va samarali foydalana olish ko’nikmalarini hosil qilish, ularni ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni uyushtirishga tayyorlash, faol fuqarolik tuyg’usini shakllantirish. yetuk axloqiy - huquqiy sifatlarni tarkib toptirish, teran va sog’lom fikr, keng dunyoqarash egasi bo’lgan huquqiy madaniyatli shaxsni kamol toptirishdan iborat vazifani hal etadi. Ixtisoslashtirilgan alohida sharoitlarda tarbiyalash va ta’lim berish maktabi tarbiyalanuvchilarining huquqiy madaniyatini shakllantirish bo’yicha tajriba maktablari amaliyotida qo’llanilgan sinfdan va maktabdal tashqari tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish natijalariga ko’ra quyidagi xulosalarga keldik: Sinfdan va maktabdan tashqari sharoitda o’tkaziladigan huquqiy tadbirlar umummaktab tarbiyaviy ishlari mazmunidan kelib chiqqan holda tasdiqlangan maxsus dastur va reja asosida o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari huquqiy tadbirlar keng qamrovli va rang-barang mazmun hamda ko’rinishda tashkil etilishi kutilgan natijani beradi. Sinfdan va maktabdan tashqari sharoitda uyushtiriladigan tarbiyaviy tadbirlarning samarali shakl, metod va vositalar yordamida olib borilishi bu boradagi muvaffaqiyatlar garovidir. Xulosa o’rnida shuni ham alohida ta’kidlash joizki, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida, shuningdek, ularning yakunida qo’yilgan maqsadga erishganlik holatini tahlil etib borish, yutuqlarni boyitish, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish borasida chora-tadbir belgilash samarali natijalarni olish imkonini beradi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling