O‘zbekistoda demokratik jamiyat qurish nazariyasi, amaliyoti va huquq
Download 0.77 Mb.
|
2473 Sosiologiya fan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Demokratik davlat tushunchasi
- 2. Huquqiy davlat tushunchasi 54
Davlat – butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning muxsus boshqaruv va majburlov apparatiga, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo‘lgan yagona siyosiy tashkilotdir.
Davlat – hokimiyatning bosh instituti. Hokimiyat davlat orqali o‘z siyosatini amalga oshiradi. «Hokimiyat», «davlat», va «siyosat» iushunchalari o‘zaro juda yaqin bo‘lib, bir-birlarini belgilab beradi. 1. Demokratik davlat tushunchasi – bunday davlatda davlat organlarini tashkil qilishda, ularning faoliyatida,mamlakat fuqarolari turli-tuman yo‘llari orqali keng ishtirok etadilar. Fuqarolarning davlat organlarini tashkil qilishdagi ishtiroki qonun yo‘li bilan kafolatlanadi va ularning ishtirokiga keng imkoniyatlar yaratadi. Demokratik davlatda inson manfaati, qadr-qimmsati, hayoti, sog‘lig‘i har narsadan yuqori turadi. Davlat fuqarolarining huquq-erkinliklarini ta’minlash choralarini doimiy ravishda ko‘rib boradi. Davlat fuqarolar nazoratida va ularga turli vositalar orqali hisob beradi. Demokratik davlat o‘zi-o‘zi boshqarish, ko‘ppartiyaviylik, ommaviy axborot vositalarining erkin bo‘lishi, fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi. 2. Huquqiy davlat tushunchasi54 - davlat tuzilishi va faoliyatining huquqqa asoslanganligi. Bunda huquqning hukmronligi qonun ustivorligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi ta’minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining bo‘linish prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat. Demak, huquqiy davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 1) Xalq xokimiyatining amalga oshishi. 2) Xuquqning hukmronligi. Ya’ni shaxs huquq va erkinliklarining hech Kim shu jumladan, davlat tomonidan hech qanday holda buzilmasligi. 3) Konstitusiya va qonun ustivorligi. 4) Hokimiyat vakolatlarining bo‘linish tamoyili 5) Sud mutaqilligi 6) Inson huquqlariga rioya etish, ularni himoya qilish va ta’minlash. 7) Davlat va fuqarolarning o‘zaro mas’uliyati. 8) Huquqni muxofaza qiluvchi idoralarning samarali ishlashi. 9) Huquqiy madaniyatning yuksak daraja ekanligi. 10) Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi Huquqiy davlatning barcha uchun umumiy bo‘lgan andoza yo‘q. Uni har bir davlat milliy davlatchilik borasida tajribalariga tayanib, xalqning zehniyati, qadriyatlari va an’analarni hisobga olib, o‘z strategik maqsadlariga mos holda shakllantiriladi. Lekin huquqiy davlatchilikning Dunyo tan olgan va umumbashariy qoida – talablariga javob beradigan biz yuqorida o‘nta tamoyillarni bayon etdik. Bu tamoyillar huquqiy davlatning konstitusiyaviy asosi. Ular bizning Konstitusiyamizda to‘liq aks etgan. O‘zbekistonda huquqiy demokratik jamiyatni qaror toptirish uchun jamiyatni demokratlashtirish zarur. Bunda Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek 1) An’anaviy mexonga e’tibor beri shva u bilan hisoblashish lozim. 2) Avval mamlakat aholisi turmushini yuksaltirish darkor. Chunki turmush ongni belgilaydi. 3) Fuqarolar ongi, tafakkurini o‘zgartirish kerak. Turmushning yuksalishi o‘z navbatida odamlar ongi va tafakkur tarzini o‘zgartirishga olib keladi. 4) Huquqiy demokratik jamiyatga tabiiy yo‘sinda, hes zo‘riqish va talofatsiz erishishmiz mumkin.55 «Odamlar siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, siyosiy faolligi yuksalib borgan sari, davlat vazifalarini nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazib borishi zarur». Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling