O‘zbekistoda demokratik jamiyat qurish nazariyasi, amaliyoti va huquq


Download 0.77 Mb.
bet47/65
Sana17.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1208563
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65
Bog'liq
2473 Sosiologiya fan

3. Fuqarolik jamiyati tushunchasi – insoning yalpi huquqlari kafolatlanadigan, mafkuraviy plyuralizm ta’minlanadigan jamiyat tuzulishi. Bunda har bir fuqaro, jumladan, O‘zbekiston fuqarosi o‘z ixtiyori bilan fuqarolikdan chiqishi mumkin. Fuqarolikdan chiqamoqchi bo‘lganlar oldiga ma’lum shartlar qo‘yiladi, ya’ni ular davlat, jamoa, fuqarolar oldida hech qanday majburiyati qarzdor yoki davlat va harbiy sirlardan voqif bulmasligi kerak. Agar fuqarolikdan chiqishni iltimois qiluvchi shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa yoki unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi zarur bo‘lgan sud hukmi bo‘lsa, u fuqarolikdan vaqtincha chiqarilmaydi. Quyidagi hollarda O‘zbekiston fuqarosi fuqaroligini yo‘qotadi:
1) Chet davlatda harbiy xizmatga. Xavfsizlik idoralari xizmatiga, polisiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati idoralariga ishga kirsa.
2) Chet elda yashovchi O‘zbekiston fuqarosi 5 yil davomida uzrli sababsiz konsullik hisobida turmasa.
3) Fuqarolikni soxta hujjatlar taqdim etib olgan bo‘lsa.
Fuqarolikdan chiqarish O‘zbekiston Prezidenti vakolatiga kiradi.
Fuqarolik jamiyati –demak, xaqiqiy fuqarolardan uzviy bogliqlikda bo‘lgan hamda ahloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyat. O‘zbekiston «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» konsepsiyasini ishlab chiqdi va uni izchillik bilan amalga oshirmoqda. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarishning quyi organi bo‘lgan mahllaning avvalo hukuqiy asoslari yaratilmoqda. Bu asosiy qomusimizning 105-moddasida o‘z ifodasini topgan. 1993 yil 2 sentayabrda «fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida qonun, 1999 yil 4 apreldan «fuqarolarning o‘zi-o‘zi boshqarish organilari to‘g‘risida qonunning Yangi tahriri, 2001 yil 9 aprelda Oliy Majlis Kengashining «fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga saylov o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. 2000 yilga kelib O‘zbekiston 13 mingdan ortiq, Toshkent shahrida esa 481 tadan ko‘proq mahalla faoliyat yuritmoqda.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling