Mikrofirma va kichik korxona


Download 0.56 Mb.
Sana14.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1197066
Bog'liq
11-sinf. 5-mavzu. Tadbirkorlik

MIKROFIRMA VA KICHIK KORXONA

KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI

  • Tadbirkorlik subyektlari davlat tomonidan qo‘llabquvvatlanmasa, zarur shart-sharoitlar yaratib berilmasa, ular boshqa yirik korxonalar oldida raqobatdoshligini yo‘qotib, o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ladi. Ular kichik tadbirkorlik yoki kichik biznes subyektlari deb yuritiladi. Kichik tadbirkorlik subyektlarini ajratishda dunyoda keng qo‘llaniladigan mezonlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
  • – ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni;
  • – asosiy va aylanma mablag‘lar hajmi;
  • – foyda (daromad) hajmi;
  • – mahsulot sotishdan yalpi tushum va boshqalar.

Korxonaning asosiy faoliyat turi – hisobot davri yakunlari bo‘yicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi tushum ulushi ustunlik qiladiga faoliyatdir.

MIKROFIRMA

  • Mikrofirma – muayyan sohadagi ishlovchilar soni jihatidan eng
  • kichik bo‘lgan yuridik shaxs ko‘rinishidagi kichik tadbirkorlik subyekti.

KICHIK KORXONA

O‘RTACHA YILLIK XODIMLAR SONI

  • Korxonadagi xodimlarning o‘rtacha yillik soni barcha oylarda mavjud bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha oylik sonini qo‘shish va uni 12 oyga bo‘lish orqali aniqlanadi.
  • Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun xodimlarning yil mobaynidagi o‘rtacha oylik sonini hisoblab chiqish zarur. Xodimlarning o‘rtacha oylik soni ularning har kungi sonidan kelib chiqib belgilanadi. Ushbu miqdor oyning kalendar kunlariga bo‘linadi. Dam olish yoki bayram kunlaridagi xodimlarning soni bundan oldingi ish kunlaridagi xodimlar soniga teng deb qabul qilinadi. Misol uchun, yanvar oyining 25-sanasiga qadar korxonada 22 nafar xodim ishlar edi. 26-yanvarda 4 nafar xodim o‘z vazifasidan ozod etildi. Yanvar oyidagi xodimlarning o‘rtacha oylik soni quyidagichi hisoblanadi:
  • =21
  • Shu usulda boshqa oylar uchun ham xodimlarning o‘rtacha oylik soni hisoblab chiqilib, barcha oylardagi miqdorlarni qo‘shib, chiqqan natijani 12 ga bo‘lish orqali xodimlarning o‘rtacha yillik soni aniqlanadi.
  • =66 kishi
  • Demak, bizning misolda xodimlarning o‘rtacha yillik soni 66 kishini tashkil etadi
  •  

Topshiriqlar

  • 1. Mavzuni o`qish
  • 2. Kichik korxonada mart oyining 20-sanasiga qadar 30 nafar xodim ishlar edi. 21-martda 4 nafar xodim o‘z vazifasidan ozod etildi. Mart oyidagi xodimlarning o‘rtacha oylik sonini aniqlang.
  • 3. Quyidagi jadvalni to`ldiring va savollarga javob bering

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling