O'zbekiston aholisining demografik jihatlar va milliy tarkibstrreplA: Kirish


Aholi jon boshi hisobiga yalpi milliy maxsulot (2000 – y.)


Download 71.81 Kb.
bet5/11
Sana24.06.2023
Hajmi71.81 Kb.
#1654032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'ZBEKISTON AHOLISINING DEMOGRAFIK JIHATLAR VA MILLIY TARKIBI

Aholi jon boshi hisobiga yalpi milliy maxsulot (2000 – y.)
Ming AQSH dollari hisobiga

Hozir Respublikamiz xalq xo’jaligining barcha sohalari, shuningdek fan va madaniyat uchun zarur kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim o’rta maxsus o’quv yurti tayyorlab beradi.
Yildan yilga Respublikamiz xalq xo’jaligida ishlaydigan malakali mutaxassislar soni ko’payib bordi. O’zbekiston keyingi vaqtlarda industrial taraqqiyotning jadallashuvi bilan hunar – texnika bilim yurtlari (xozirgi kunda kollejlar) orqali malakali ishchilar tayyorlashga alohida e’tibor berila boshladi. 
Shu yillarda O’zbekiston xotin – qizlar xayotida ham sifat o’zgarishlari sodir bo’ldi. 
Ma’lumki xotin – qizlarning jamiyatdagi tutgan o’rni va huquqlari turli davrlarda turlicha bo’lgan. Inqilobdan avval o’zbek xotin qizlari ishlab chiqarishda kamdan – kam qatnashganlar, asosan uy – ro’zg’or ishlari, bola tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lganlar. Xozirgi vaqtda o’zbek xotin qizlari xalq xo’jaligining barcha tarmoqalrida faol mehnat qilmoqdalar.
O’zbekiston endilikda barcha fan sohalari bo’yicha ilmiy muassasalarni birlashtirgan 2 ta fanlar akademiyasiga ega.
O’zbekistonda aholining bandlik darajasi juda murakkabdir. Mamlakatimizda qadimdan qishloq xo’jaligi rivojlanganligi va tabiiy sharoitning qulayligi tufayli aholining 36%dan ortiqrog’I qishloq xo’jaligi sohasiga to’g’ri keladi. 
Shuningdek sanoat ham mamlakatimizda istiqbolli sohalardan biri bo’lib unda aholining 12,6% qismi faoliyat ko’rsatadi.
Xozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda xo’jalik yuritishning reindustrial shakli ommalashib boryapti. (Ya’ni nomoddiy sohaning rivojlanishi). O’zbekistonda esa xo’jalik yuritishning bu shakli xozirgi kunda ast – sekin rivojlanib bormoqda. 
O’zbekistonda 1926 yilda nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan aholining bor yo’g’I 6 % I ishlagan bo’lsa, 90 – yilga kelib bu ko’rsatkich 26% ga yetadi ya’ni 4 % ga oshadi.
Musataqilliikdan so’ng O’zbekistonda moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari yuqori sur’at bilan rivojlanmoqda. Shu bilan birga aholi moddiy va madaniy turmush darajasini yuqori bo’lishi hilma – xil xizmat ko’rsatish sohalariga bo’lgan talabni oshiradi. 
Nomoddiy tarmoqlar ichidan sog’liqni saqlashda aholi tezroq o’sib boryapti. Moddiy tarmoqlar ichida bu jarayon qurilish va transportda ko’proq kuzatilyapti. 
Barcha band aholining 35 qismidan ko’prog’I nodavlat sektoriga to’g’ri keladi. 2001 yilda mehnat tashkilotlariga 463ming kishidan ziyodroq aholi ish so’rab murojat qilgan. Ularning yarmidan ko’prog’I 16 – 30 yoshdagilar 2qismini umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lganlar tashkil etadi. Shu yilda barcha ish so’rab murojaat qilganlarning 68,7% ni talabi qondirilgan.
O’zbekiston Respublikasi marko iqtisodiyot va statistika vazirligi ma’lumotlari bo’yicha, respublikada rasman “ishsiz” maqomiga 7,5 ming kishi qayd qilingan. Bu jami iqtisodiyot faol aholining 0,4% ga teng yoki 2000 – yil darajasida qolgan. 
Keyingi yillarda mamalakatda yangi sih o’rinlari yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda: Masalan, birgina 2001 – yilda 465,3 ming kishilik ish o’rinlari tashkil etilgan. Ularning asosiy qismi qishloq joylarga to’g’ri keladi. Bu borada yaniqsa Farg’ona, Samarqand, Namangan viloyatlarida ibratli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Umuman olganda esa mehnat resurslaridan to’la va samarali foydalanish muhim muammo hisoblanadi. 6
Bu muammo eng avvalo davlatning “bandlik” dasturi doirasida ham etilib boradi. Ma’lumki jahon mamlakatlarida nomoddiy sohalardagi aholining bandligi oshib bormoqda. Bizda esa u hozircha kamroq. Masalan sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport, ta’lim, madaniyat, san’at va fan kabi ijtimoiy sohalarda band bo’lgan mehnat resurslarini ulushi ko’pgina viloyatlarda oz.
O’zbekistonda ham endilikda nomoddiy sohada band aholi asta sekin o’lib bormoqda. 
Ayniqsa o’zbekistonda ilm fanga alohida e’tiborni qaratish o’zbek xalqining jahonshumul yutuqlari ifodasisir. Lekin shuni alohida ta’kidlab o’tish zarurki respublika aholisining ijtimoiy tarkibi va bilish darajasinini xozirgi talablar doirasiga ko’tarish uchun ham ancha ish qilinish kerak. Iqtisodning bundan buyon bozor munosabatlari asosida rivojlanib borishi o’zbekistonda zamonaviy sanoat ishlab chiqarish malakasiga ega bo’lgan kadrlarni ko’plab tayyorlashni talab etadi. Mil. avv. III-asrda Sirdaryoning oʻrta oqimida Qangʻ davlati hukm surgan davrda Amudaryo va Sirdaryo oraligʻi va unga tutash mintaqalarda iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, oʻziga xos uygʻunlashgan madaniyat yuzaga keladi. Arxeologik va tarixiy majmualarda bu madaniyat „Qovunchi madaniyati“ nomi bilan qayd etilgan. Antropolog olimlarning taʼkidlashicha, aynan shu davrlarda Oʻrta _____________________
6,↑ С. А. Токарев. Этнография народов СССР. М., 1958 стр. 3-10

Aholining koʻpayishida yoshlar, ayniqsa, 1519, 2024, 2529 yoshli guruhlarning jinsiy tarkibi alohida ahamiyatga ega. Chunki aholi, asosan, mana shu yoshlarda nikohga kirib, oila quradi.


Maʼlumotlarning koʻrsatishicha, dunyodagi juda koʻp davlatlarda 1530 yoshlardagi ayollarga nisbatan erkaklarning soni biroz yuqoriligi kuzatila di. Biroq Yevropa, Avstraliya, Amerika ning baʼzi davlatla rida esa 59 yoshli guruhlardan boshlab erkaklar salmogʻi kamayib ketgan. Buning sababi, bu davlatlar da oʻgʻil bolalar oʻlimining yuqoriligi dir. Oʻzbekistonda asosiy nikohga kirish yoshlarida erkaklar va ayollar nisbati deyarli tengdir. Bu tenglik ayollarning tugʻish yoshidagi guruhlarida ham davom etadi.
Oʻzbekistonda aholining yosh tarkibi uning demografik xususiyatlariga va turmush darajasiga bogʻliq. Oʻzbekiston dunyoda tugʻilish darajasi nisbatan yuqori boʻlgan davlatlardan. Biroq oʻlkadagi tugʻilishning yuqori darajasi hammavaqt ham aholining muntazam koʻpayib borishini taʼminlay olmagan. 20-asrning 1-yarmida Oʻzbekistonda bolalar oʻlimi yuqori boʻlgan va tugʻilgan bolalarning 5060 % bolalik va oʻsmirlik davridayoq nobud boʻlishgan. Bu hol aholining yosh tarkibida ham ifodalana di. Mas., 1926 va 1939-yillarda oʻtkazil gan aholi roʻyxati maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston aholisining umumiy sonida 09 yoshdagi bolalar salmogʻi 2324 %ni, 1959-89-yillardagi aholi roʻyxati maʼlumotlarida bu koʻrsatkich 2832 %ni tashkil etgan.
Aholi tarkibida bolalar salmogʻi ning oshib borishi 1-navbatda bolalar oʻlimining keskin kamayishi bilan bogʻliq. Bolalar salmogʻining oshib borishiga bevosita taʼsir etuvchi omillardan yana biri Oʻzbekistonda tugʻilayotgan bolalar sonining koʻpayib borishidir. Tugʻilish surʻati 20-asrning 2-yarmida juda yuqori boʻlgan. Agar Oʻzbekistonda 1950-yil tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti 30,8 %ni tashkil etgan boʻlsa, 1960-yilda 39,8 %ga teng boʻlgan. Bu davrda tugʻilgan bolalar 1975-80-yillarda kamolot yoshiga yetganlar va natijada aholi tarkibida 15-19, 20-24 yoshli guruhlarning salmogʻi koʻtarilgan. Bu hol esa, oʻz navbatida, Oʻzbekistonda yangi oilalar tarkib topishiga va oilalar miqdorining koʻpayishiga olib kelgan.
BMT maʼlumotlariga koʻra Oʻzbekis ton aholisining yosh tarkibi dunyo aholisi yosh tarkibiga taqqoslansa, bolalar salmogʻining ancha yuqoriligi kuzatiladi.
Oʻzbekiston qarish shkalasi boʻyicha jahondagi aholisi „yosh“ davlatlar qatoriga kiradi.
Oʻzbekistonda mehnat yoshi erkaklar uchun 16-59 yosh, ayollar uchun 16-54 yosh qilib belgilangan. Mehnat yoshidan yuqori, yaʼni 55 va undan katta ayollar, 60 va undan katta erkaklar soni 19912004-yillarda 18,7 % ga oshdi.
Oʻzbekistonda bugungi demografik vaziyat, ayniqsa, tugʻilish jarayonining kamayib borishi (1991-yilda tugʻilish ning umumiy koeffitsiyenti 34,50/00 ni tashkil etgan boʻlsa, 2004-yilda bu koʻrsatkich 20,50/00ga teng boʻldi yoki 140/00 ga kamaydi) yaqin kelajakda jami aholi salmogʻida qariyalar ulushining ortib borishidan dalolat beradi. Bu hol esa, Oʻzbekistonda qariyalarning ijtimoiy-demografik guruh sifatida gi mavqei oshib borishini koʻrsatadi.
Mehnat resurslari va aholi bandligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mehnat resurslarining sifat taraqqiyoti jamiyatning ijtimoiy-iqti sodiy taraqqiyot darajasiga, davlatning aholi bandligi boʻyicha olib borayotgan siyosatiga bogʻliq. Oʻzbekiston da 16 54 yoshdagi ayollar va 16 59 yoshdagi erkaklar mehnat resurslariga kiritiladi.
Mehnat yoshidagi aholi mehnat resurslari nuqtai nazaridan oʻrganilgan da 2 guruhga ajratiladi:
40 yoshgacha boʻlgan;
40 yoshdan keyingi mehnat yoshi.
Oʻzbekistonda mehnat yoshidagi aholi salmogʻi katta hamda mehnat resursla ri tez koʻpayib bormoqda.
Respublika qudratli mehnat salohiyatiga ega: mehnat zaxiralari jami aholining 55,4 %ni (14427,6 ming kishi) mehnat resurslari tashkil etadi va har-yili 300350 ming kishiga koʻpaymoqda.
Iqtisodiy faol aholi soni 10,2 mln. kishi (82 %)ga teng.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgun ga qadar reja, moliya, mehnat, ish haqi boshqarmalari va boʻlimlarining boshliqlari oʻrtasida oʻzbeklarning ulushi 29,8 %ga teng boʻlgan.
1992-yildan boshlab narxlar va tashqi savdo liberallashtirildi, q.x va maishiy xizmat korxonalarining maʼlum qismi xususiylashtirildi.
Moliya va byujet sohalarida islohotlar oʻtkazildi. Xususiy mulk va xorijiy investitsiyalar boʻyicha qonunlar qabul qilindi. Aholining tez surʻatlar bilan koʻpayishi va uning tarkibi bandlikni barqaror ravishda oʻsishini taʼminlashni taqozo etadi.
Qishloq joylarda aholining zich joylashganligi, q.x.da ortiqcha ishchi kuchi mavjudligi hamda haydaladigan yerga toʻgʻri keluvchilar sonining kattaligini hisobga olganda. Shu maqsadda 1992-yil yanv.da qabul qilingan OʻzRning „Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida“gi qonuni asosida aholini ish bilan taʼminlash davlat xizmati tashkil etilgan. Mazkur vazifani amalga oshirishda samarali faoliyat koʻrsatuvchi mehnat bozorlari mehnat birjalari muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekistonda mehnat birjalari ishsizlarni roʻyxatga oladi, ularni kasbga yoʻllaydi, ishsizlik boʻyicha nafaqalar toʻlaydi. har-yili oʻrtacha 300 mingga yaqin aholi mehnat birjalari orqali ishga joylashtiriladi.
Sanoatni, ayniqsa, uning mehnatni koʻp talab qilib, xom ashyo, suv va elektr energiyani kam isteʼmol qiluvchi „eksportbop“ mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarini, maishiy xizmat sohalarini qishloq joylarda keng koʻlamda va tez fursatlar ichida rivojlantirish hamda shunga oʻxshash boshqa tadbirlarning amalga oshirilishi respublikada aholi bandligiga xos muammolarni tez vaqt ichida ijobiy hal etishga imkon beradi.


Download 71.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling