12-jadval. Ishlab chiqarishni boshqarishda "ob'ekt" va "sub'ekt" tushunchalari
Ishlab chiqarish
bo’g’inlari
Boshqariluvchi tizim
(ob'ekt)
Boshqaruvchi tizim
(sub'ekt)
Korxonada
- Tsexlar, uchastkalar - Direktor va unga
bo’ysinuvchi barcha
boshqaruv apparati
Tsexda
- Uchastkalar
- Tsex boshlig’i va
unga
bo’ysinuvchi
barcha
boshqaruv
apparati
Uchastkada
- Ishchilarning ish
joylari
- Uchastka boshlig’i
va unga bo’ysinuvchi
barcha
boshqaruv
apparati
Ish joylarida
- Mehnat vositalari
-
Ishchilar,
xizmatchilar
va
boshqa xodimlar
Boshqaruvning har ikkala tizimi o’zaro aloqador bir butunni tashkil qiladi va bir-biriga ta'sir
ko’rsatadi. Bir tomondan, boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimga ta'sir ko’rsatgan holda uning
tarkibini o’zgartiradi, uni muayyan eng qulay va eng muvofiq nisbatga keltiradi. Ikkinchi tomondan
esa, boshqariluvchi tizim boshqaruvchi tizimga aks ta'sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |