8.3. Ishlab chiqilgan mahsulot sifatini boshqarish
Mahsulot sifatini boshqarish deganda, buyumlarni iste'molchilar talablariga butunlay mos
keluvchi sifat tasniflari bilan ishlab chiqarishni ta'minlovchi maqsadga qaratilgan faoliyat
tushuniladi. Mahsulot sifatini baholash va uni boshqarish zaruriyati:
•
rejalashtirish va istiqbolni belgilashda;
•
yangi mahsulot yaratish variantini tanlashda;
•
normativ (me'yoriy) hujjatlarni ishlab chiqishda;
•
mahsulot sifatini nazorat qilishda;
•
mahsulot sifatini oshirgani uchun xodimlarni rag’batlantirishda;
•
sifat to’g’risida axborot yig’ishni tashkil etishda va hokazo hollarda vujudga keladi.
Sifatli tovar deganda uning mustahkamligi, chidamliligi, iste'mol xususiyatlari, tashqi
ko’rinishi standartlashtirilganlik darajasi, tayyorlanish texnologiyasi va boshqalarni o’zida jam
etgan tovar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |