8.4. Sifat menejmenti. Sifatni nazorat qilish bosqichlari
Sifat menejmenti mahsulot ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifat haqida qayg’urishni
anglatadi. Shu nuqtai nazardan sifatni boshqarish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
•
ishlab chiqarishgacha - konstruktsiyalash, samarali texnologiyani, standartlarni
ishlab chiqish va hk.;
•
ishlab chiqarish jarayonida - bu erda yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarishga
yo’l qo’ymaslik;
•
ishlab chiqarishdan keyingi bosqich - saqlash, sotish, tashish, xizmat ko’rsatish
va boshqa jihatlar ustidan qattiq nazoratni o’rnatish.
Sifatni nazorat qilish ham uch bosqichdan iborat:
•
kelayotgan xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va butlovchi qismlarni
tekshirishdan iborat bo’lgan kirish nazorati;
•
ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar parametrlarni tekshirishdan iborat
ehtiyot yoki joriy nazorat;
•
tayyor mahsulotni tekshirishga qaratilgan qabul qilish nazoratlariga bo’linadi.
Sifatni nazorat qilish - mahsulot sifati ko’rsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini
tekshirishdir.
Qisqa xulosalar
Ob'ektiv dunyo jonsiz va jonli tabiatdan tashkil topgan. har ikkisi ham doimo rivojlanishda va
harakatda bo’ladi. Shu sababli ular boshqarishga muhtojdir.
Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasida amalga oshiriladigan
rahbarlik, tashkilotchilik va ma'muriy harakterdagi alohida faoliyat tushuniladi.
Har qaysi ishlab chiqarish xoh u korxona darajasida, xoh u mamlakat miqyosida bo’lsin
o’zining boshqariluvchisi (ob'ekti) va boshqaruvchisi (sub'ekti)ga ega bo’ladi. Boshqaruvning har
ikkala tizimi o’zaro aloqador bir butunni tashkil qiladi va bir-biriga ta'sir ko’rsatadi. Bir tomondan,
boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimga ta'sir ko’rsatgan holda uning tarkibini o’zgartiradi, uni
muayyan eng qulay va eng muvofiq nisbatga keltiradi. Ikkinchi tomondan esa, boshqariluvchi tizim
boshqaruvchi tizimga aks ta'sir ko’rsatadi.
Ob'ektlarni boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni
tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu erda
rag’batlantirish ishlab chiqarishni boshqarishning barcha funktsiyalari jarayonida o’z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |