O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet285/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

"Yorib o’tish" strategiyasi. Bu strategiya ko’pincha ishlab chiqarish texnologiyasi juda oddiy
va  ommabop  iste'molga  mo’ljallangan  yangi  mahsulotni  bozorga  kiritishda  qo’llaniladi.  Bunda
tovar  bozorga  juda  past  narxda  chiqariladi,  bozorni  egallashi  bilan  normal  darajaga  qaytadi.
Ayniqsa,  bu  strategiyani  korxona  raqobatchilarga  nisbatan  katta  hajmdagi  mahsulotni  bozorga
kiritishi mumkin bo’lgan hollarda qo’llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
"Kirib borish" strategiyasi. Bu strategiya past narxlar orqali yangi bozorga tez kirib borish
uchun ishlatiladi. Mazkur strategiya talabning yuqori elastikligi vaziyatida yuqori samara beradi. 
"Batamom  foydalanish"  strategiyasi.  Bu  strategiyaning  asl  mohiyati,  yangi  tovarlarni
bozorga kiritish bosqichida, sotiladigan tovarlarning hajmi kam bo’lganda ularga juda yuqori narx
belgilashdan  iboratdir.  So’ngra  bu  narx  bozorning  va  raqobatchilarning  o’sishi  bilan  kamayib
boradi.
"Korxonaning  eksport  imkoniyatlarini  kengaytirishga  yo’naltirilgan  narx"  strategiyasi.
Korxona  narxlashtirishda  bu  strategiyani  qo’llash  uchun  mamlakatning  ichki  va  tashqi  bozorida
narxlashtirishning  xususiyatlarini  hisobga  olishi  kerak.  Shularni  o’rganib  aniq  bozor  sharoitlariga
bog’liq holda o’ziga xos narx siyosatini tanlashi mumkin bo’ladi.
Umuman  olganda,  korxona  o’z  imkoniyatlaridan  va  maqsadlaridan  kelib  chiqib  yuqorida
keltirilgan narx strategiyalaridan foydalanadi.



Qisqa xulosalar
Narx  marketing  kompleksining  asosiy  elementlaridan  biri  hisoblanib,  korxonaning  marketing
siyosatini ishlab chiqishda keng qo’llaniladi. 
Marketingda  narxning  asosiy  rol  o’ynashining  sabablaridan  yana  biri  shundan  iboratki,  u
korxonaning  iqtisodiy  ko’rsatkichlariga  to’g’ridan  to’g’ri  ta'sir  ko’rsatadi.  Narx  marketing
kompleksi  elementlaridan  biri  hisoblanib,  uning  shakllanishi  marketing  kompleksining  boshqa
elementlari  bilan  chambarchas  bog’liqdir.  Narx  strategiyasi  deganda  narxlashtirish  sohasidagi
qarorlar va tadbirlarning kompleksi tushuniladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling