An'anaviy marketing tizimi - tovar tarqatish ishtirokchilarining to’la mustaqilligiga
asoslangan kanal.
Asl istemolchi - aholi, shaxs, oila, byudjet muassasalari.
Baxo - bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir.
Biznes-reja - korxonaning ish jarayonini tasvirlab, korxona rahbarlarining o’z maqsadlariga
qanday erishishlarini, birinchi navbatda ishning daromad keltirishni qay tariqa oshirish
mumkinligini ko’rsatib beradi.
Birlamchi talab - yangi tovarga paydo bo’ladigan va shakllanadigan dastlabki talab.
Bozor - keng ma'noda muomala sohasi bo’lib, tovar ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari
majmui.
Bozor bo’g’ini - talabistaklari, bozordagi xatti-harakatlari, marketing vositalari ta'siriga
javoblari bir xil o’xshash bo’lgan iste'molchilar guruhi.
Do'stlaringiz bilan baham: |