O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet320/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

Marketing  tadqiqotlari  -  moddiy  boyliklar  va  xizmatlar  muomalasi  sohasida  qarorlar  qabul
qilish  va  ularni  nazorat  qilish  jarayonlarini  takomillashtirish  maqsadida  muntazam  holda
muammolarni tahlil etish, asosiy qoidalarni yaratish va ma'lumotlarni jamg’arish.
Marketing taktikasi - strategik maqsadlarga erishish uchun marketingning aniq yo’naltirilgan
amaliyoti.
Marketing taftishi - korxonaning marketing doirasini atroflicha, sistemali, xolis va muntazam
tadqiq etish.
Mahsulotning hayotiy davri - tovarning bozorga kirib kelishidan boshlab, to uning bozordan
chiqib ketishiga qadar amalga oshiriladigan izchil chora-tadbirlar.
Maxsus talabli tovarlar - maxsus iste'molchilarga mo’ljallangan, ularning yuqori didi va boy
tasavvuriga mos hislatlar berib tayyorlangan tovarlar.
Ma'naviy  ehtiyoj  -  ma'naviy  boyliklar;  o’qish,  bilim  olish,  san'at,  madaniy  dam  olish  va
hokazolarga bo’lgan ehtiyoj.
Menejerlik  -  ishlab  chiqarish  faoliyatidan  ko’proq  samara  olish  maqsadida  intellektual,
moliyaviy, xom ashyo va moddiy quvvatlarni boshqarish san'ati.
Mehnat  birjasi  -  ishsizlarni  muntazam  ishga  joylash,  yoshlarni  kasbga  yo’llash,  ish  kuchiga
bo’lgan  talabni  oldindan  aytib  berish,  ishsizlik  nafaqalarini  to’lash  va  hokazo  vazifalarni  o’tovchi
davlat muassasasi.
Mijoz - korxona, tadbirkor tovari va xizmatidan foydalanib kelayotgan barqaror iste'molchi.
Makro-marketing  -  firmaning  ishlab  chiqarishini  shakllantirish,  tovarlar  va  xizmatlarning
tayyorlovchidan iste'molchi yoki foydalanuvchiga borish oqimini boshqarish bilan bog’liq bo’lgan
faoliyat.
Mezon  -  bu  taqqoslash  yoki  baxolash  uchun  o’lchov,  andoza.  Masalan,  mehnat  -  kishi  qadr-
qimmatining mezonidir/
Minimal narx - aniq tovar narxining eng quyi chegarasi.
Mikro-talab - talabning nisbatan kichik miqyos, tovarning aniq turi, markasi, varianti bo’yicha
ko’rinishi.
Modellar banki - marketing echimlarini qabul qilish uchun mo’ljallangan matematik modellar

to’plami.


Moddiy  ehtiyoj  -  moddiy  ne'matlar,  buyumlarga  bo’lgan  va  ular  yordamida  qondiriladigan
ehtiyoj.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling