Sotish (xarid) narxi - tovarga xaridor to’laydigan narx.
Sotuvgacha va undan keyingi xizmat ko’rsatish - xaridorlarni turli ma'lumotlar, detallar,
mutaxassislar yordami, qulaylik va rangbarang xizmatlar bilan ta'minlash.
Sponsor (homiy) - ma'lum tadbir yoki faoliyatni amalga oshirishda moliyaviy yordam
ko’rsatuvchi homiy.
Struktura - lotincha so’z bo’lib, narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro bog’lik ravishda
joylashishi, tuzilishini bildiradi.
Sug’urta - bu inson faoliyaining turli sohalarida sodir bo’ladigan tabiiy ofatlar, favqulodda
xodisa va boshqa voqealar natijasida etkazilgan zarar hamda talofatlarni jismoniy va huquqiy
shaxslar to’lagan sug’urta badallaridan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to’liq va qisman
qoplash orqali jismoniy va huquqiy shaxslar manfaatlari sug’urtalashni ta'minlashga doir
munosabatlar demakdir.
Subsidiya - bu davlat tomonidan aniq maqsad yo’lida ishlatish uchun qaytarib olmaslik sharti
bilan ajratiladigan pul mablag’idir.
Sanatsiya - iqtisodiyot uchun ahamiyati katta korxonalarni tang holatdan chiqarib, ularning bir
me'yorida ishlab turishini ta'minlash hamda korxonalarni ommaviy bankrot bo’lishiga yo’l
bermasdan, raqobatchi korxonalar sonini kerakli miqdorda saqlab turish maqsadlarida amalga
oshiriladi.
Strategiya - grekcha "strategos" iborasidan olingan bo’lib, "general san'ati" ma'nosini
bildiradi.
Stress - inglizcha so’zdan olingan bo’lib, asabiylik, keskinlik degan ma'noni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |