Qaror qabul qilish - mavjud holatning bo’lishi lozim bo’lgan holat bilan mos tushmasligi
natijasida yuzaga keladi.
Qarshi harakatlanuvchi marketing - ilmiy-texnika progressi va atrof-muhitni muhofaza
qilishga javob bermaydigan tovar va ishlab chiqarish vositalariga aks holda marketing chora-
tadbirlarini tashkillashtirish.
Qisqa muddatga xizmat qiladigan tovarlar - bir zumda yoki juda qisqa vaqt ichida iste'mol
qilinadigan tovarlar.
Qondirilgan talab - ma'lum davrda tovarlar sotib olish uchun mo’ljallangan mablag’ni sarf
qilib, kerakli tovarlarning sotib olinishi.
Qondirilmagan talab - iste'molchi talabistaklariga mos keladigan tovar tanlab olish
imkoniyati bo’lmasligi tufayli olishga mo’ljallangan mablag’ning sarf bo’lmay qolishi.
Qondirilgan ehtiyoj - ehtiyojning ma'lum paytda uni qondiradigan narsalar bilan haqiqatan
ta'minlangan qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |