bo’lgan. Boshqaruv tizimining shu tariqa oqilona tashkil etilishi uning negizida inson manfaatlari
yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga ijobiy ta'siri dunyoda buyuk davlat paydo bo’lishi bilan
yakunlanadi.
Bu markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishiga olib
kelgan boshqaruv nazariyasi faqat u davlatdagina emas, balki boshqa o’lkalarda ham davlatni ilmiy
boshqarish nazariyasi sifatida qo’llanila boshlandi.
Qisqa xulosalar
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu. Tsezar, A.
Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab
shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi,
ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus
bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish
uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni
boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan
vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: