Ishlab chiqarishni boshqarish deganda ishlab chiqarish doirasida amalga oshiriladigan
rahbarlik, tashkilotchilik va ma'muriy harakterdagi alohida faoliyat tushuniladi. Bunday
boshqarishda ikki tomon:
•
ijtimoiy-iqtisodiy;
•
tashkiliy-texnik tomonlar farq qilinadi. Bu har ikkala tomonlar o’zaro bog’liqdir,
lekin ishlab chiqarishning borishiga ijtiomiy-iqtisodiy tomon hal qiluvchi ta'sir
ko’rsatadi, chunki ishlab chiqarishni boshqarish eng avvalo, odamlarni, ularning
mehnatini boshqarishdir.
Ijtimoiy mehnat taqsimotiga ko’ra boshqaruv: sanoat ishlab chiqarishini, qishloq xo’jalik ishlab
chiqarishini, transportni, savdoni va hokazolarni boshqarishga bo’linadi.
Hududiy boshqarish darajasiga ko’ra boshqaruv: tuman viloyat, mamlakat miqyosidagi ishlab
chiqarishni boshqarish turlariga bo’linadi.
Boshqarishga korxona nuqtai nazaridan quyidagicha ta'rif berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |