O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Sifat menejmenti. Sifatni nazorat qilish bosqichlari


Download 0.66 Mb.
bet130/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

8.4. Sifat menejmenti. Sifatni nazorat qilish bosqichlari
Sifat menejmenti mahsulot ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifat haqida qayg’urishni
anglatadi. Shu nuqtai nazardan sifatni boshqarish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
• 
ishlab chiqarishgacha - konstruktsiyalash, samarali texnologiyani, standartlarni
ishlab chiqish va hk.;
• 
ishlab  chiqarish  jarayonida  -  bu  erda  yaroqsiz  mahsulotni  ishlab  chiqarishga
yo’l qo’ymaslik;
• 
ishlab chiqarishdan keyingi bosqich - saqlash, sotish, tashish, xizmat ko’rsatish
va boshqa jihatlar ustidan qattiq nazoratni o’rnatish.
Sifatni nazorat qilish ham uch bosqichdan iborat:
• 
kelayotgan  xom-ashyo,  materiallar,  yarim  fabrikatlar  va  butlovchi  qismlarni
tekshirishdan iborat bo’lgan kirish nazorati;
• 
ishlab  chiqarish  jarayonida  mahsulotlar  parametrlarni  tekshirishdan  iborat
ehtiyot yoki joriy nazorat;
• 
tayyor mahsulotni tekshirishga qaratilgan qabul qilish nazoratlariga bo’linadi.
Sifatni nazorat qilish - mahsulot sifati ko’rsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini
tekshirishdir.
Qisqa xulosalar
Ob'ektiv dunyo jonsiz va jonli tabiatdan tashkil topgan. har ikkisi ham doimo rivojlanishda va
harakatda bo’ladi. Shu sababli ular boshqarishga muhtojdir.
Ishlab  chiqarishni  boshqarish  deganda  ishlab  chiqarish  doirasida  amalga  oshiriladigan
rahbarlik, tashkilotchilik va ma'muriy harakterdagi alohida faoliyat tushuniladi.
Har  qaysi  ishlab  chiqarish  xoh  u  korxona  darajasida,  xoh  u  mamlakat  miqyosida  bo’lsin
o’zining  boshqariluvchisi  (ob'ekti)  va  boshqaruvchisi  (sub'ekti)ga  ega  bo’ladi.  Boshqaruvning  har
ikkala tizimi o’zaro aloqador bir butunni tashkil qiladi va bir-biriga ta'sir ko’rsatadi. Bir tomondan,
boshqaruvchi  tizim  boshqariluvchi  tizimga  ta'sir  ko’rsatgan  holda  uning  tarkibini  o’zgartiradi,  uni
muayyan eng qulay va eng muvofiq nisbatga keltiradi. Ikkinchi tomondan esa, boshqariluvchi tizim
boshqaruvchi tizimga aks ta'sir ko’rsatadi. 
Ob'ektlarni boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni
tartibga  tushirish,  muvofiqlashtirish  bilan  davom  ettirilib,  nazorat  bilan  tugaydi.  Bu  erda
rag’batlantirish ishlab chiqarishni boshqarishning barcha funktsiyalari jarayonida o’z aksini topadi.




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling