Qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing sog’liq uchun zararli bo’lgan yoki jamoatchilik
nuqtai nazaridan noratsional bo’lgan u yoki bu mahsulotlar (sigaretalar, narkotik moddalar,
pornografiya)ga irratsional (akldan tashqari) talab mavjud bo’lganda amal qiladi. Agar demarketing
yaxshi sifatli tovarga talabni qisqartirish bilan bog’liq bo’lsa, qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi
marketing tovarni zararli, yomon qilib ko’rsatadi. Mazkur holda insonlarni zararli mahsulotlarni
iste'mol qilishdan voz kechishlariga undash eng maqsadga muvofiq bo’lib hisoblanadi. Bunda
marketingning narx qurollari bo’lib narxlarni keskin ko’tarish, bu tovarlarga hammaga yo’l
ochiqligini cheklash bo’lishi mumkin.
Qisqa xulosalar
Marketing - ayirboshlash yo’li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo’naltirilgan inson
faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o’zaro manfaatlariga asoslangan
harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir.
Sotishni rag’batlantirish - marketingning vazifalaridan biri bo’lib, bozorga chiqarilgan tovarni
rejalashtirilgan sotish darajasini ta'minlashga imkon beradi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash
va foyda olish demakdir. Marketing maqsadlari korxona maqsadlariga erishish quroli bo’lib
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |