O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet199/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

Qo’llab-quvvatlovchi  marketing  to’liq  talabning  mavjudligini  harakterlaydi,  ya'ni  bunda
tovar  va  xizmatlarga  talabning  darajasi  va  tarkibi  taklifning  darajasi  va  tarkibi  to’la  mos  keladi.
Bunday  marketing  turining  vazifasi  bo’lib,  odatda,  to’laqonli  talab  sharoitida  uning  darajasini
iste'molchilarning  istaklari  tizimi  va  raqobatning  kuchayishini  hisobga  olgan  holda  saqlab  turish
hisoblanadi.  Bu  erda  marketolog  birinchi  navbatda  savodli  narx  siyosatini  o’tkazishi,  sotishning
zaruriy hajmini saqlab turishi, sotish faoliyatini rag’batlantirish va o’zgaruvchan xarajatlar ustidan

nazoratni  amalga  oshirish  bilan  bog’liq  bo’lgan  bir  qator  taktik  tadbirlarga  e'tibor  berishi  kerak.


To’laqonli  marketingga  eng  yaxshi  misol  "Djeneral  motors"  kompaniyasining  faoliyati  bilan
bog’liq. 20-yillar o’rtalarida kompaniya "Ford" kompaniyasini orqada qoldirishga muvaffaq bo’ldi.
Ushbu kompaniya o’rta amerikalik uchun narxlari past bo’lgan, bir xil qora rangga bo’yalgan "T"
ford  modeliga  o’zining  zamonaviy,  keng  rang  gammasida  ishlab  chiqilgan  avtomobil  modelini
qarama-qarshi qo’ydi.
Demarketing  haddan  tashqari  katta  talab  sharoitida,  ya'ni  tovar  yoki  xizmatga  bo’lgan  talab
taklifdan  ancha  katta  bo’lgan  holda  qo’llanadi.  Uning  vazifasi  bo’lib  salbiy  bozor  hodisalari,
masalan,  chayqovchilikni  yo’qotish  maqsadida  talabni  vaqtinchalik  yoki  doimiy  pasaytirish
usullarini  topish  hisoblanadi.  Haddan  tashqari  talabni  pasaytirish  tovar  yoki  xizmatlar  narxlarini
oshirish,  reklama  kompaniyasini  va  sotilishlarni  rag’batlantirishni  to’xtatish  orqali  hal  qilinishi
mumkin.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling