nazoratni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan bir qator taktik tadbirlarga e'tibor berishi kerak.
To’laqonli marketingga eng yaxshi misol "Djeneral motors" kompaniyasining faoliyati bilan
bog’liq. 20-yillar o’rtalarida kompaniya "Ford" kompaniyasini orqada qoldirishga muvaffaq bo’ldi.
Ushbu kompaniya o’rta amerikalik uchun narxlari past bo’lgan, bir xil qora rangga bo’yalgan "T"
ford modeliga o’zining zamonaviy, keng rang gammasida ishlab chiqilgan avtomobil modelini
qarama-qarshi qo’ydi.
Demarketing haddan tashqari katta talab sharoitida, ya'ni tovar yoki xizmatga bo’lgan talab
taklifdan ancha katta bo’lgan holda qo’llanadi. Uning vazifasi bo’lib salbiy bozor hodisalari,
masalan, chayqovchilikni yo’qotish maqsadida talabni vaqtinchalik yoki doimiy pasaytirish
usullarini topish hisoblanadi. Haddan tashqari talabni pasaytirish tovar yoki xizmatlar narxlarini
oshirish, reklama kompaniyasini va sotilishlarni rag’batlantirishni to’xtatish orqali hal qilinishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: