Sotish funktsiyasi tovar harakati tizimini tashkil qilish, servis, maqsadli tovar va narx
siyosatini olib borish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qiladi.
Boshqarish va nazorat funktsiyasi strategik va operativ rejalashtirish, marketingni
boshqarishning axborot ta'minoti, korxonada kommunikatsiyalar tizimini tashkil qilish va marketing
nazoratini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Marketing tamoyillari uning g’oyaviy yo’nalishini va korxonaning boshqarish tizimidagi
marketing yondashuvlarini belgilaydi. Hozirgi sharoitda marketingning asosiy, birlamchi tamoyili
muayyan iste'molchilarning muammolarini samarali hal qilishga qaratilgan. Bozorda tovarning
muvaffaqiyat qozonishi u yoki bu tovar mijoz oldida turgan muammoni qanchalik samarali hal qila
olishiga bog’liq. Bu yondashuv o’z navbatida quyidagi tamoyillarda aniqlashadi va rivojlantiriladi:
•
iste'molchiga yo’naltirilganlik;
•
talabni prognozlash va shakllantirish;
•
qarorlarning kompleksliligi va ko’p variantliligi;
•
qarorlarning markazlashtirilmaganligiga urg’u berish va holatlarni
boshqarish;
•
istiqbolga yo’naltirilganlik;
•
dasturli maqsadli yondashuv.
Aynan ana shu tamoyillar marketingning yangi, eng harakterli belgilarini ochib beradi.
Keltiriladigan belgilar to’plami kengayishi yoki torayishi mumkin, lekin asosiy tamoyil - to’liq
iste'molchiga yo’naltirilish - albatta mavjud bo’ladi. Pirovard natijada bu tamoyil boshqa hamma
tamoyillarning paydo bo’lishi va shakllanishini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |