Marketing razvedkasi - bu, birinchi navbatda, marketing rejalarini ishlab chiqish va ularni
to’g’rilash uchun zarur bo’lgan marketing tashqi muhitining o’zgarishi to’g’risidagi joriy axborotni
to’plash bo’yicha tizimli faoliyatdir. Ichki axborot olingan natijalarga qaratilsa, marketing
razvedkasi tashqi muhitda ro’y berishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’rganishga mo’ljallanadi.
Marketing razvedkasi ma'lumotlarini kompaniya xizmatchilari (ma'muriyat, muhandislar, xaridlar
bo’yicha agentlar, sotuvchilar), shuningdek, ta'minotchilar, vositachilar va xaridorlar etkazib
berishlari mumkin. Razvedka ma'lumotlarini maxsus tadqiqotchi firmalardan ham olish mumkin.
Ichki axborot asosan korxonaning ichki ahvoli va imkoniyatlarini ochib beradi. Unga,
dastavval, korxonaning ishlab chiqarish, moliya, sotish, mehnat va boshqa resurslari kiradi. Qabul
qilingan qarorlarning samaradorligi cheklangan resurslarni tovar assortimenti va marketing
dasturlariga optimal joylashtirish sharti bilan amalga oshiriladi. Bu erdan asosiy vazifa kelib
chiqadi: foydaning o’sishi uchun mahsulot tannarxini davriy ravishda kamaytirib borish zarur,
boshqacha qilib aytganda xarajatlar hajmi va tarkibining shakllanishi ustidan qat'iy nazorat
siyosatini olib borish zarur. Shu bilan bog’liq holda marketolog o’z ishida marketing qarorlarida
quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblash va foydalanishni bilishi kerak:
•
mahsulotning me'yoriy va haqiqiy tannarxi;
•
to’g’ri va egri xarajatlar;
•
chegaralangan foyda;
•
foydalilik nuqtasi;
•
narx chegirmalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |