22-chizma. Marketing axborot tizimining modeli
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, korxonadagi axborot tizimlari turli xil rivojlanish bosqichida
bo’lishi mumkin, shu jumladan:
- ma'lumotlarni hisobga olishning oddiy modeli;
- marketing hisobotlari tizimi;
- turli hisob-kitob modellarini qo’llashga mo’ljallangan tizimlar;
- marketingni prognozlash tizimi va hokazo.
Zamonaviy marketingning axborot tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:
1. Marketing faoliyatini shakllantirishda korxonaning ichki imkoniyatlaridan samarali
foydalanish.
2. Korxonaning bozordagi marketing faoliyatining strategik va operativ qarorlarini ishlab
chiqish uchun tashki sharoitlarning rivojlanishi haqidagi axborot.
3. O’ziga xos harakterdagi qo’shimcha ma'lumotlarni olish maqsadida korxonada
o’tkaziladigan maxsus marketing tadqiqotlari natijalari haqidagi axborot.
4. Marketing axborotiga ishlov berish tizimi (ma'lumotlarni yig’ish, ularni tahlil qilish va
prognozlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda).
MATning asosiy vazifasi marketing qarorlarini qabul qilishda noaniqlikni kamaytirish uchun
zarur bo’lgan ma'lumotlarni doimo to’plab borishdan iborat.
Tashqi manbalardan ma'lumotlar asosan marketing razvedkasi va marketing tadqiqotlari
asosida olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |