O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


-BOB. MARKETING TIZIMIDA AXBOROT TA'MINOTI


Download 0.66 Mb.
bet203/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

13-BOB. MARKETING TIZIMIDA AXBOROT TA'MINOTI
13.1. Marketingda axborotlarning ahamiyati
13.2. Marketing axborotlari turlari
13.3. Marketing axboroti manbalari
13.1. Marketingda  axborotlarning   ahamiyati
Mamlakatda  iqtisodiyotni  rivojlanishi,  boshqarish  tizimini  mukamallashtirish  axborotlarsiz
amalga  oshirib  bo’lmaydi.  Axborotlar  milliy  iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlari,  sohalari,
bo’linmalari  (ish  joyidan  tortib  vazirliklargacha)  o’rtasida  va  ushbu  korxona  bilan  o’xshash
korxonalar  va  tashkilotlar  o’rtasida  uzluksiz  axborot  almashishdan  iborat.  Fan-texnika  taraqqiyoti
o’sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab
chiqarishning  texnika  bazasi  zamonaviy  va  murakkab  mashinalar  sistemasi  bilan  boyiydi,
texnologik  jarayonlar  intensivlashadi  va  murakkablashadi,  ishlab  chiqarishni  ixtisoslashtirish
kengayadi  va  hokazo.  Shuning  uchun  korxonada  foydalanadigan  axborotlarning  miqdori  keskin
ortadi. Shuni aytish kifoyaki, hozirgi zamon mashinasozlik korxonasida boshqarish ehtiyoji uchun
har soatda 100 mingdan ko’proq yoki kuniga bir milliongacha axborot belgilarini ishlab chiqarish
talab  qilinadi.  Axborotlar  etishmasa,  yoki  ulardan  to’la  foydalanilmasa,  boshqarishda  xatoliklarga
yo’l  qo’yilishi  mumkin.  Chunki  bunday  holda  rahbar  ishlab  chiqarishning  ahvoli  haqida  to’la
ma'lumotga  ega  bo’lmaydi.  Bozor  imkoniyatlarini  yaxshiroq  bilish  va  marketing  muammolarini
echish uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to’liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o’z
xaridorlarini,  raqobatchilarini,  vositachilarini  sotish  va  baholar  to’g’risidagi  ma'lumotlarga  ega
bo’lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat qilishni amalga oshira olmaydilar.
Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: "Biznesni boshqarish - bu uning
kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir". Haqiqatdan ham, axborot
moliyaviy,  xom-ashyo,  asbob-uskunalar  va  ishchi  kuchi  kabi  muhim  boshqarish  resursi  va  ob'ekti
bo’lib  qolmoqda.  Shu  bilan  bir  vaqtda,  xorijlik  tadqiqotchilar  ta'kidlaganidek,  bozor  to’g’risidagi
axborotlardan  to’liq  qoniqqan  korxonani  topish  juda  mushkul.  Ayrimlar  aniq  ma'lumotlarning
etishmasligidan  nolisalar,  boshqalari  noaniq  axborotning  ko’pligidan  noliydilar.  Bundan  tashqari,
axborotning qanchalik haqqoniyligini aniqlash ham muammodir. Shuning uchun, hatto xorijda ham
xaridor  bozori  sharoitida  juda  kamdan-kam  firmalargina  rivojlangan  marketing  axboroti  tizimiga

ega  ekanliklari  bilan  maqtana  oladilar.  Ularning  ko’pchiligi  marketing  tadqiqot  bo’limlariga  ega


emaslar,  boshqalari  o’z  tarkiblarida,  sotishni  istiqbollash  va  tahlil  qilish  bilan  shug’ullanuvchi
kichik bo’limlarga egadirlar. Endi bizdagi ahvolga kelsak, bozorning ahvoli haqida axborot to’plash
hali  o’z  rivojining  ilk  bosqichidadir.  Lekin  yangidan-yangi  talablarning  shiddat  bilan  rivojlanishi,
marketingning baynalminallashuvi, raqobatning keskinlashishi samarali axborotlarga egalik qilishni
kun  tartibiga  qo’ymoqda.  Bunga  yangi  texnikalarning,  yangi  kompьyuterlar,  nusxa  ko’chiruvchi
mashinalar,  videomagnitofonlar  va  boshqalarning  keng  ko’lamda  ishlatilishi  keng  imkoniyatlar
yaratmoqda.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling