O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Tovar  bozorlarini  har  tomonlama  tartiblashtirish  bo’yicha  xalqaro  tashkilotlar.  Ular


Download 0.66 Mb.
bet211/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

Tovar  bozorlarini  har  tomonlama  tartiblashtirish  bo’yicha  xalqaro  tashkilotlar.  Ular
faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar:
¬ 
xalqaro  savdo,  shuningdek,    konkret  tovarning  ishlab  chiqarilishi  va
iste'moli bilan bog’liq muammolarning qo’yilishi va tahlil;
¬ 
mazkur  tovar  bozorining  jahon  kon'yunkturasini  o’rganish,  bozordagi
ahvol haqida uning qatnashchilarini muntazam xabardor kilib turish;

¬ 
statistika  ma'lumotlarini  to’plash,  chop  etish  va  bozorning  iqtisodiy


tahlilini tayyorlash;
¬ 
mazkur  tovar  bilan  savdo  qilish  muammolari  bo’yicha  ko’p  tomonlama
maslahatlar berilishini tashkil qilish;
¬ 
xom  ashyoni  ishlab  chiqaruvchi  mamlakatlarda  ishlab  chiqarishni
kengaytirish  va  eksport  imkoniyatlarini  mustahkamlash  bo’iicha  chora-
tadbirlarni ishlab chiqish, ularga mos keladigan infrastrukturani rivojlantirish,
xom ashyoni   qayta ishlash, marketingi va taqsimlanishida ishlab chiqaruvchi
mamlakatlarning  qatnashishining  kengayishiga  ko’maklashish,  atrof-muhitni
muhofazalashni  yaxshilash,  aniq  xom  ashyo  tovarining  iqtisodiyotini
rivojlantarish  loyihalarining  tahlili  va  xom  ashyoni  ishlab  chiqaruvchi
mamlakatlar hukumati tomonidan tavsiyalarni ishlab chiqish.
Paxta  bo’yicha  Xalqaro  maslahat  beruvchi  qo’mita  (PXMq,  International  Cotton  Advisory
Committee,  ISAS)  -  bu  paxtani  ishlab  chiqarish,  xalqaro  savdo  va  iste'mol  sohasida  hamkorlikda
manfaatdor bo’lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi hukumatlararo tashkilot. PXMq 1939 yilda AQSh
tashabbusi bilan paxta bo’yicha xalqaro konferentsiyada tashkil etilgan edi.
PXMQning asosiy funktsiyalari quyidagilar:
¬ 
jahon  paxta  bozori  holatini  nazorat  qilish  va  uning  rivojlanishiga  ta'sir
etuvchi omillarni o’rganish;
¬ 
paxtaning  jahon  bo’yicha  ishlab  chiqarilishi,  xalqaro  savdosi,  iste'moli,
zaxiralari va narxlari haqida statistik va boshqa axborotni to’plash va tarqatish,
shuningdek,  boshqa  tekstil  to’qimalar  va  matolar  bo’iicha  axborotlar,  chunki
ular paxta bozorining rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadi;
¬ 
jahon  paxta  bozorida  xalqaro  hamkorlikni  rivojlantirishga  yo’naltirilgan
aniq  tadbirlarni  o’tkazish  bo’yicha  PXMga  a'zo  bo’lgan  mamlakatlarga
tavsiyalar berish;
¬ 
doimiy  qo’mita  va  uning  har  yillik  sessiyalarida  paxtaning  narxlari
masalalari bo’yicha muhokamalarni tashkil etish va o’tkazish.
G’arbiy marketing amaliyotidan ma'lumki, ba'zi hollarda firmalar "sanoat shpionaji" usullariga
murojaat qiladilar. Bunda tijorat qimmatlikka ega bo’lgan axborotni uning egalari - firmalar, jamoat
tashkilotlari,  davlat  muassasalariga  bildirmasdan,  yashirin  va  ular  xohishiga  zid  holda  oladilar.
Ko’pincha  manfaatdor  firmalarning  diqqat-e'tibori  texnologiyalar:  chizmalar,  formulalar,  nusxalar,
dasturlar,  g’oyalarga  qaratiladi;  kamdan-kam  holda  -  moliyaviy  hujjatlar:  schyotlar,  smeta,
shartnomalar, rejalarga e'tibor beriladi.



Qisqa xulosalar
Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini echish uchun har qanday
tashkilot,  korxona  yoki  firmaga  to’liq  va  haqqoniy  axborot  zarur.  Marketing  axboroti  marketing
faoliyatida  qaror  qabul  qilish  uchun  asos  hisoblanadi,  shuningdek,  qaror  qabul  qilgandan  keyin
olingan  natijalarni  tahlil  qilish  uchun  ham  kerakdir.  Marketing  axborot  tizimi  korxonani
boshqarishdagi axborot tizimining eng muhim tarkibiy qismidir.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling