14.3. Korxona makro-muhiti
Korxona to’xtovsiz tashqi kuch va omillar ta'siroti ostida o’z faoliyatini olib boradi. Ba'zi
hollarda ular maqbul imkoniyatlarni, boshqa hollarda esa xavf-xatarni sodir qiladilar. Shu bois
aytish mumkinki, korxona peshqadamligining istiqboli tovar va xizmatning tegishli marketing
muhitiga mosligi bilan ifodalanadi. 25-chizmada korxona makro-muhitining asosiy omillari
keltirilgan.
25-chizma. Korxonaning tashqi muhiti (makro-muhit)
Mamlakatdagi siyosiy muhit asosan davlatning mustaqilligi va bevosita siyosiy yondashuvlar
va yo’nalishlarni mustahkamlash bilan bog’liq tendentsiyalar, boshqa tomondan esa bozor
munosabatlariga o’tish va o’zaro manfaatli aloqalarni o’rnatish bilan tavsiflanadi. Siyosiy muhitga
ijro etuvchi davlat hokimiyatining omillari bilan bir qator muhim omillar ham kiradi. Ular ichida
mulkchilik, tadbirkorlik, iste'molchilar huquqlarini muhofaza qilish va reklama munosabatlarini
tartibga soluvchi qonunchilik va qonunlarni ko’rsatish mumkin. Huquqiy tartibga solishning
samarali yo’nalishlarini izlash davom etmoqda.
Jamiyat iqtisodiy muhitining ahvoli asosan korxonalar daromadlarining darajasi va aholining
xarid qobiliyati kabi ko’rsatkichlar bilan, shuningdek, inflyatsiya, kredit stavkalari, soliq solish
stavkalari, aholining joriy daromadlari, jamg’armalarining darajalari, iste'mol savatining qiymati
bilan aniqlanadi. Bu ko’rsatkichlarning o’zgarishi talabda nafaqat miqdoriy, balki tarkibiy
siljishlarga ham olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |