Vositachilar - mahsulotlarni sotish va siljitishda firmalarga yordam beruvchi bozor
(kompaniya) sub'ektlari. Shu bilan bir qatorda ular firma haqida va o’zlari haqida ma'lumot tarqatish
bilan shug’ullanadilar. Vositachilar savdo va transport tashkilotlari, reklama va marketing
agentliklari, sotish bilan shug’ullanuvchi firmalar va moliya tashkilotlari bo’lishi mumkin.
Savdo korxonalari, birinchidan, taqsimot kanallarini aniqlashda va, ikkinchidan, mijozlarni
shakllantirishda ko’maklashadilar. Moliya vositachilari sifatida banklar, kredit va sug’urta
kompaniyalari va boshqa moliya bitimlarini tavakkalchilikdan sug’urtalash ishlarini olib boruvchi
tashkilotlar bo’lishi mumkin. Mijozlar bilan xushmuomala munosabatda bo’lish uchun korxona
zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyasini qo’llashdan tashqari yana marketing vositachilari bilan
samarali hamkorlikda bo’lishi shart.
Raqiblar mazkur firma faoliyat yuritayotgan bozorlarda xuddi shunday mahsulotni ishlab
chiqarib qatnashadigan korxonalar (kompaniyalar)dan iborat. Kurash haqqoniy yoki g’irrom raqobat
shartlari asosida amalga oshiriladi. Birinchi holda tannarxning pasayishi, mahsulot sifatining
oshishi, firmaning obro’ izzatini ko’tarish, qo’shimcha xizmatlar sektorini kengaytirish va
zamonaviy marketingning boshqa usullari qo’llanadi, ikkinchisida - demping, korruptsiya, shantaj,
xom ashyodan, ish kuchidan, ta'minotchilardan mahrum qilish va hokazo. Rivojlangan
mamlakatlarning ko’pchiligida raqobatchilikni g’irrom usullar bilan olib borish qonun tomonidan
man etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |