O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet217/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

Iste'molchilar - mazkur firma mahsulotining xaridorlari hisoblanadigan jismoniy va huquqiy
shaxslar  (fuqarolar,  oilalar,  firmalar,  jamoat  tashkilotlari  va  davlat  muassasalari).  Iste'molchilar
o’rtasidagi  katta  farqqa  qaramay,  ularda  umumiy  xususiyatlar  bor.  Ular  marketing  maqsadlariga
bog’liq  holda  maqsadli  guruhlarga  birlashtirilishi  mumkin  bo’lgan  jins,  yosh,  malaka,  ehtiyojlar
tarkibi,  daromadlarni  belgilaydi.  Umuman,  bozordagi  xatti-harakatlari  strategiyasi  jihatidan  bir-
biridan  ancha  farq  qiladigan  iste'molchilarning  besh  turi  farqlanadi.  Bular  yakka  iste'molchilar,
oilalar  yoki  uy  xo’jaliklari,  vositachilar,  ta'minotchilar,  davlat  va  jamoat  tashkilotlarining  mas'ul
shaxslari yoki xodimlaridir.
Salmoqli qismini yakka iste'molchilar tashkil etadi, ya'ni aholining tovar va xizmatlarni faqat
o’zining shaxsiy foydalanishi uchun sotib oladigan qismi. Oilalar yoki uy xo’jaliklari asosan oziq-
ovqat  va  nooziq-ovqat  mahsulotlarini  xarid  qiladilar.  Miqyoslariga  va  xaridlarining  hajmiga  ko’ra
ular ham iste'molchilarning asosiy turiga kiradi. Vositachilar ancha professional xaridorlardir, zero,
ular  tovarlarni  asosan  qayta  sotish  maqsadlarida  sotib  oladilar.  Shu  bilan  bog’liq  holda  ular  tovar
narxiga, uning o’ramiga, saqlanish muddatlari kabi omillarga ko’proq e'tibor beradilar. Firmalarning
xodimlari  bo’lgan  ta'minotchilar  moddiy-texnika  ta'minoti  uchun  tovarlarni  sotib  oladilar,  bunda

ular  e'tiborining  markazida  tovarning  narx  va  miqdoriy  tavsifi,  transport  xarajatlari,  ishlab


chiqaruvchining  obro’i,  mijoz  istagiga  reaktsiyaning  tezligi,  to’lovni  kechiktirish  imkoniyati  kabi
ko’rsatkichlar  turadi.  Davlat  va  jamoat  muassasalarining  mansabdor  yoki  javobgar  shaxslari
o’zlarinikini emas, balki jamoat mablag’larini sarflaydilar. Ishlab chiqaruvchini tanlashda ular, eng
avvalo,  ishonchlilik,  qonunga  rioya  qilishlik,  shuningdek,  shaxsiy  aloqalari  sharoitlaridan  kelib
chiqib yo’l tutadilar.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling