O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet213/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

14-BOB.  MARKETING  MUHITI
14.1. Marketing muhiti tushunchasi va mohiyati
14.2. Korxona mikro-muhiti
14.3. Korxona makro-muhiti
14.1. Marketing muhiti tushunchasi va mohiyati
Marketing  muhiti  deganda  korxona  marketing  xizmati  xodimlarining  mijozlar  bilan  yaxshi
hamkorlik  munosabatlarini  o’rnatish  va  bu  munosabatlarning  saqlanishiga  bevosita  ta'sir
ko’rsatuvchi sub'ektlar va kuchlarning majmui tushuniladi. Muhit doimiy o’zgarishda, ya'ni u yoki
bu salbiy yo ijobiy ta'sir ko’rsatishi mumkinligi sababli, uni tizimli o’rganish, alohida jarayonlarni
va ularning o’zaro aloqasini kuzatish zaruriyati marketing tadqiqotlari jarayonida juda muhim tadbir
bo’lib  hisoblanadi.  Hatto  muhitning  arzimas  o’zgarishiga  e'tibor  bermaslik  yoki  nazoratni
susaytirish  korxonaning  va  bozorning  boshqa  sub'ektlari  ishida  juda  og’ir  oqibatlarga  olib  kelishi
mumkin. 
Odatda muhitlar mikromuhit va makromuhitlarga ajratiladi. 
Makro-muhit  yoki  tashqi  sharoitlar  omillari  asosan  tizimli,  umumiy  bozor  doirasidagi
omillardan iborat. Bu erga turli xil iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, demografik, geografik, milliy, ilmiy-
texnikaviy, texnologik, ijtimoiy-madaniy va boshqa xarakterdagi ta'sirlarning keng spektri kiradi. 
Mikro-muhit  yoki  ichki  sharoitlar  omillari  korxonaning  faoliyati  va  uning  imkoniyatlariga

bevosita  tegishli.  Mikro-muhitning  asosiy  qismi  firma  boshqaruvining  nazorati  ostida  bo’ladi


(faoliyat sohasini aniqlash, kadrlarni tanlash, xodimlar malakasining umumiy darajasi va marketing
madaniyati,  maqsadli  bozorlar  (segmentlar)ni,  tovarlar  harakatining  yo’llarini  tanlash,  raqobat
kurashida strategiyalarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini echish.
Shunday qilib, mikro-muhitni o’rganish bozorning aniq sub'ektiga nisbatan qo’llanilgan holda
amalga oshiriladi, undan farqli ravishda makro-muhit esa marketing va bozor sub'ektlari, mamlakat
va xalq iste'moli tovarlari sohalari uchun umumiy ko’rinishda namoyon bo’ladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling