O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet216/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

Vositachilar  -  mahsulotlarni  sotish  va  siljitishda  firmalarga  yordam  beruvchi  bozor
(kompaniya) sub'ektlari. Shu bilan bir qatorda ular firma haqida va o’zlari haqida ma'lumot tarqatish
bilan  shug’ullanadilar.  Vositachilar  savdo  va  transport  tashkilotlari,  reklama  va  marketing
agentliklari, sotish bilan shug’ullanuvchi firmalar va moliya tashkilotlari bo’lishi mumkin.
Savdo  korxonalari,  birinchidan,  taqsimot  kanallarini  aniqlashda  va,  ikkinchidan,  mijozlarni
shakllantirishda  ko’maklashadilar.  Moliya  vositachilari  sifatida  banklar,  kredit  va  sug’urta
kompaniyalari  va  boshqa  moliya  bitimlarini  tavakkalchilikdan  sug’urtalash  ishlarini  olib  boruvchi
tashkilotlar  bo’lishi  mumkin.  Mijozlar  bilan  xushmuomala  munosabatda  bo’lish  uchun  korxona
zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyasini qo’llashdan tashqari yana marketing vositachilari bilan
samarali hamkorlikda bo’lishi shart.
Raqiblar  mazkur  firma  faoliyat  yuritayotgan  bozorlarda  xuddi  shunday  mahsulotni  ishlab
chiqarib qatnashadigan korxonalar (kompaniyalar)dan iborat. Kurash haqqoniy yoki g’irrom raqobat
shartlari  asosida  amalga  oshiriladi.  Birinchi  holda  tannarxning  pasayishi,  mahsulot  sifatining
oshishi,  firmaning  obro’  izzatini  ko’tarish,  qo’shimcha  xizmatlar  sektorini  kengaytirish  va
zamonaviy marketingning boshqa usullari qo’llanadi, ikkinchisida - demping, korruptsiya, shantaj,
xom  ashyodan,  ish  kuchidan,  ta'minotchilardan  mahrum  qilish  va  hokazo.  Rivojlangan
mamlakatlarning  ko’pchiligida  raqobatchilikni  g’irrom  usullar  bilan  olib  borish  qonun  tomonidan
man etilgan.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling